Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya 2-2 Real Madrid
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq - Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi - Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar (59-qism)

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar (59-qism)

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlat bilan tanishtirishda davom etamiz.

1978-yil. Argentina o‘z maydonida JCH g‘olibligini qo‘lga kiritdi. «Monumental» o‘yingohida bayram boshlandi.

David juda ko‘plab gollani kiritgan, biroq uning faoliyatidagi eng muhim golni 22 yoshida Italiya darvozasiga Yevropa chempionatida urgan. Ha, bu o‘sha “oltin gol”!

1991-yil. Klaudio Taffel dunyoning eng yaxshi uchinchi darvozaboni deb e’tirof etildi va unga bronzo to‘p topshirildi.

Dida 19 yoshda. 5 yildan so‘ng, Milanga ko‘chib o‘tishidan bexabar...

90-yillarda Maradona har jabhada qolganlardan ajralib turishga intilgan va buni uddasidan ham chiqqan.

 

1983-yil. “Libertadores” kubogini qo‘lga kiritish uchun “Gremio” futbolchilari (Ugo De Leon, Tita) qon to‘kishgacha borgan.

Tug‘ma qisiq ko‘zlar, toz suyagidagi tug‘ma nuqson, chap oyoq suyagidagi tug‘ma nuqson, chap oyog‘i o‘ng oyog‘idan naqd 6 smga kalta… Bu ta’riflarni eshitgan muxlis so‘z Garrincha haqida borayotganini tasavvur ham qilmasa kerak. Ikki bor JCH oltin medallarini qo‘lga kiritgan afsona uchun bu muammolar muammo tug‘dirmadi.

Bu suratni shunchaki izohsiz qoldiramiz…

 

Simionega intelgent Albertini “dars” bermoqda.

1993-yil. Pele hozirgina Braziliya gran-prisida g‘olib chiqqan Ayrton Sennani qutlamqoda.

2007-yilda bo‘lib o‘tgan YECHL final uchrashuvidan so‘ng, turli his-hayajonlar uyg‘unlashib ketgan surat…

Bu yerda esa, 1994-yildagi finalda “Milan”dan javobsiz to‘rtta “shapaloq” yegan “Barselona” futbolchilari aks etgan. Gvardiolani tanigan bo‘lsangiz kerak?!

Yaqindagina “Liverpul” bilan chempionlikni nishonlagan Oksleyd Chemberlen “Sautgempton” sharafini himoya qilmoqda.

 

Samarano o‘z uslubida parvoz qilmoqda. Uning nishoni to‘p!

Fergi Aut! Fergi Aut! Fergi Aut! “Uch yil bahona izlading, biroq “hech narsa o‘zgarmadi””… Bu baner “Manchester Yunayted” tarixidagi eng buyuk shaxsga muxlislar tomonidan yozilganiga ishonasizmi? Darhaqiqat, shotlandiyalik murabbiyning ilk mavsumlari ko‘ngildagidek kechmagani ko‘rinib turibdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:04, 28.07.2020.
O'qildi: 5121 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.