Madridning "Atletiko" klubi prezidenti Enrike Sereso jamoa darvozaboni Yan Oblakka Londonning "Chelsi" klubi tomonidan bo‘layotgan qiziqishga o‘z munosabatini bildirdi.
"Oblak — dunyoning eng kuchli darvozaboni. U bizning futbolchi. Masala yopildi, muhokama qilinmaydi", — Seresoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.