Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

FOTO. Habib otasining vafotidan so‘ng ilk marta mashg‘ulotlarda ishtirok etdi

FOTO. Habib otasining vafotidan so‘ng ilk marta mashg‘ulotlarda ishtirok etdi

Baho:
+ | -

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov otasining o‘limidan keyin ilk bor mashg‘ulot o‘tkazdi.

Bu haqda rossiyalik yakkakurashchining menejeri Ali Abdulaziz xabar berdi. Ali Instagram sahifasiga Habibning mashg‘ulotlaridan olingan suratlarni joyladi va «Tayyor turing», deya izoh qoldirdi.

Bu Habib uchun Abdulmanap Nurmagomedovning o‘limidan keyingi ilk mashg‘ulot hisoblanadi. 3 iyul kuni mutaxassis koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgandi.

Avvalroq menejer Habib yil oxirida Jastin Getjiga qarshi jangda ishtirok etishini ma’lum qilgan, UFC prezidenti Deyna Uayt esa mazkur bellashuv 10 oktyabr kuni Abu-Dabida o‘tadigan UFC 254 musobaqasining asosiy jangiga aylanishi mumkinligini aytgandi.

Kiritildi: 22:32, 28.07.2020.
O'qildi: 4354 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.