Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Andrey Kanchelskis: «O‘zbek futboli rivojlanmoqda, Rossiya esa orqaga ketyapti»

Andrey Kanchelskis: «O‘zbek futboli rivojlanmoqda, Rossiya esa orqaga ketyapti»

Baho:
+ | -

«Navbahor» klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis «Ufa» yarim himoyachisi Oston O‘runovni bir qator o‘zbek futbolchilari bilan solishtirdi va o‘zbek futbolidagi o‘sishga sharh berdi.

«O‘runovni «Lokomotiv» sotib olgan Jasur Jaloliddinov bilan solishtirsak — Jasur Ostondek yetilgan futbolchi emas. Ostonda kuch, jismoniy ko‘rsatkichlar va texnika bor.

Uni Shomurodovga qiyoslash mumkin, biroq Eldor — goleador hujumchi. Koronavirus uning sermahsulligiga biroz salbiy ta’sir qildi. Tushunamiz, bu juda og‘ir. Biroq tanaffus O‘runov uchun foydali bo‘ldi.

Ostonga omad, sog‘liq va «Spartak»da o‘z o‘rini topib ketishini tilab qolaman. Bu buyuk klub. Nima bo‘lganda ham u yerga o‘tish — bu haqiqatda ajoyib. Bunday katta jamoada o‘ynash qimmat turadi».

Rossiyada o‘zbek futbolchilarining ko‘payib borayotgani haqida

«Rossiya Premyer Ligasiga ba’zida munosib futbolchilar yo‘l oladi, biroq Rossiya sport maktablarida katta muammolar bor. Bizning futbolga firibgar va havaskorlar to‘siq bo‘lmoqda...

Har doimgidek barchasi pulga borib taqaladi, Rossiya futbol ittifoqida esa muttahamlar ishlaydi. Deyarli har bir rus klubida qalloblar o‘tiradi. Futbolga aloqasi yo‘q odamlar bilan nimani ham gaplashish mumkin?

Rossiyaga sobiq ittifoq hududidan kelayotgan futbolchilar haqida gapirsam... Bilmadim, O‘zbekistonda ishlayapman va bu yerda juda yaxshi futbolchilar bor. Ular o‘z ustida ishlab, Xitoy, Koreya va Yaponiyaga ketmoqda. Ular rivojlanmoqda, biz esa orqaga ketyapmiz — mana sizga javob», — deydi Kanchelskis.

Avvalroq «Spartak» Oston O‘runov transferi borasida «Ufa» bilan kelishib olgani va futbolchi koronavirusdan xalos bo‘lishi bilan shartnoma rasmiylashtirilishi xabar qilingandi. Transfer 2 million yevroga baholangan. 19 yoshli futbolchi moskvaliklar safida yiliga 600 ming yevro maosh oladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:51, 29.07.2020.
O'qildi: 4496 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик