Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Xitoy Superligasi. «Shanxay SIPG» legionerlarning gollari evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi (videosharh)

Xitoy Superligasi. «Shanxay SIPG» legionerlarning gollari evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi (videosharh)

Baho:
+ | -

Xitoy chempionatining 2-turida «Shanxay SIPG» 2 avgust, yakshanba kuni «Xebey Chayna Forchun» jamoasini qabul qildi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Marko Arnautovich shanxayliklarni oldinga olib chiqdi, ikkinchi bo‘lim debyutida avstriyalik futbolchi dublini nishonladi.

72-daqiqada Rikardo Lopes hisobni yirik ko‘rinishga olib kelgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda braziliyalik futbolchi yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:0.

O‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov asosiy tarkibda maydonga tushib, 60-daqiqada zaxiraga olindi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Shanxay SIPG» ochkolarini 6 taga yetkazib B guruhi «Beyjin Goan» bilan birga yetakchilik qilmoqda.

Xitoy Superligasi, 2-tur bahsi
2 avgust, yakshanba
«Shanxay SIPG» — «Xebey Chayna Forchun» 4:0
Gollar: 1:0 – 45 Arnautovich, 2:0 – 48 Arnautovich, 3:0 – 72 Rikardo Lopes, 4:0 – 90 Rikardo Lopes
«Shanxay SIPG»: Yan Szyunlin, Van Shenchao, Shi Ke, He Guan, Vey Jen, Lyuy Venszyun (Yuy Xay, 74), Oskar, Arnautovich (Say Hueykan, 75), Miraxmetjan Muzepper, Odil Ahmedov (Lin Chuani, 60), Rikardo Lopes.
«Xebey Chayna Forchun»: Chi Venyi, Lyu Szin, Jen Han, Memishevich, Chao Yuyxao, Pan Simin, Chan Chendun, Rikardo Golart, Syuy Tyanyuan (Fen Gan, 59), Dun Syuyeshen, Markao.
Ogohlantirish: Pan Simin (58).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:23, 02.08.2020.
O'qildi: 4185 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.