Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR
18/06 01:00 Angliya - Xorvatiya
18/06 04:00 Gana - Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston - Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina

Jeydon Sancho "MYU" bilan 5 yillik shartnoma imzolashga tayyor

Jeydon Sancho "MYU" bilan 5 yillik shartnoma imzolashga tayyor

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho "Manchester Yunayted" ga o‘tishga yaqin turibdi.

The Guardian jurnalisti Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, klublar 20 yoshli yarimhimoyachining transferi bo‘yicha muzokaralarning ilg‘or bosqichida.

Ta’kidlanishicha, "Manchester Yunayted" transfer summasini bir necha qismga bo‘lib to‘lamoqchi. Hozircha klublar bu borada yakuniy kelishuvga erisha olishmadi, ammo muzokaralar davom etmoqda.

"MYU" Sancho bilan muzokaralarda hech qachon muammolarga duch kelmagan — uning shartnomasi allaqachon kelishilgandi. Futbolchi jamoa bilan 2025 yilga qadar amal qiladigan shartnoma imzolashga tayyor. Futbolchi klublar o‘zaro kelishib oladimi yoki yo‘qmi, shuni kutishi kerak xolos.

"Borussiya" avgustda Sanchoning kelajagi bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilmoqchi, chunki u ketgach, o‘rniga boshqa futbolchi olish kerak bo‘ladi. "Lion" hujumchisi Memfis Depay varianti bor, ammo bu nemis klubi uchun yagona variant emas.

Sancho joriy mavsumda "Borussiya" safida Bundesliganing 32 o‘yinida maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 16 ta golli pas berdi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 20:31, 03.08.2020.
O'qildi: 7683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик