Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Ake Lyaport va van Deykdan kuchli! Ishonmaysizmi? Unda maqolani o‘qing

Ake Lyaport va van Deykdan kuchli! Ishonmaysizmi? Unda maqolani o‘qing

Baho:
+ | -

Stadion.uz hozirgina rasman ma’lum qilingan transferga o‘z reaksiyasini bildiradi.

“Manchester Siti” ikki kun ichida ikkita top darajadagi transferni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bugun Natan Ake va uning asl darajasi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

“Shaharliklar” niderlandiyalik himoyachi bilan 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Transfer summasi esa 41 million funtga teng. Shu o‘rinda, bu transfer bilan “Bornmut”ni tabriklash lozim. Klub chempionshipga tushib ketganiga qaramay, ketish oldidan yaxshigina summani "cho‘ntakka urib qolish"ga muvaffaq bo‘lmoqda. Bu ularni yanada tezroq APLga qaytishlari uchun o‘ziga hos sarmoya vazifasini bajaradi desak, adashmagan bo‘lamiz.
Akening jamoasi mavsumni omadsiz o‘tkazgani va elitani tark etganiga qaramay, himoyachi shunchaki fantastik mavsumni o‘ktazdi. Soddaroq qilib aytganda barchadan ajralib turdi. “Bornmut”dek kuchsiz jamoa sharafini himoya qilishiga qaramasdan, Ake birorta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymadi. U huddi mavsumlar oralig‘ida jamoani tark etishini his etgandek o‘zining eng  yaxshi o‘yinlarini o‘tkazdi. Misol uchun, Virjil va Aymeriklar o‘z darvozalariga bittadan gol olib kelishdi.

Bexato harakat qilishda Natan bu mavsumda APLda tengsiz. Eng muhimi shundaki, niderlandiyalik pozisiya tanlashda deyarli adashmaydi. Shu sababli, uning maydonda qo‘pollik ishlatganini juda kam ko‘ramiz. Qahramonimiz bu mavsumda APL o‘yinlarida o‘rtacha 0,3 bor o‘yin qoidasini buzgan. Bu ko‘rsatkich borasida ham Ake “Siti”ning barcha himoyachilaridan balandda. “Shaharliklar”ning eng yaxshi himoyachisi Lyaport har bir o‘yinda o‘rtacha 0,7 ta qo‘pollik ishlatganini inobatga olsak, “Siti” tanlovda adashmadi.

To‘g‘ri, Ake paslar borasida “Siti” himoyachilari oldida biroz oqsashi mumkin (87 foiz), biroq bu kamchilikni Natan ortiqcha muammosiz hal etishiga ishonchim komil.  Futbolchi ham kamchiliklardan holi emas. Misol uchun, ikkinchi qavatdagi kurashlarning atigi 52 foizigina “Bornmut” foydasiga hal etilgan. Shunday bo‘lsada, bu muammoni ham ortiqcha mashaqqatsiz hal etish mumkin.

Jamoa Ake bilan tandemda ikkinchi qavatda juda faol bo‘lgan himoyachini maydonga tushirsa bo‘lgani. Shu o‘rinda, uning kelasi mavsumdagi sherigi Aymerik Lyaport katta sahnaga chiqib keladi. Baland bo‘yli himoyachi bu mavsumda ikkinchi qavatdagi kurashlarning 75 foizida g‘alaba qozongan. Bu APLdek shiddatli musobaqa uchun ajoyib ko‘rsatkich. Aynan Lyaport Akening yagona kamchiligini berkitib ketishi va “Siti”ni yanada qudratli jamoaga aylantirishi mumkin.

Ake endigina 25 yoshga qadam qo‘ydi, biroq allaqachon o‘z ampluasidagi eng yaxshilardan biri. To‘g‘ri, uni eng zo‘ri deb bo‘lmaydi, lekin u sayyoramizning eng kuchli murabbiyi va chinakam futbol inqilobchisining qo‘liga kelib tushdi. Katta ehtimol bilan kelasi mavsumda Pep uni super darajaga olib chiqadi. Demak, “Siti”ni ajoyib transfer bilan tabriklasak bo‘ladi.

Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:10, 06.08.2020.
O'qildi: 7905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.