Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Bavariya” futbolchisi nishonda
Myunhenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi
Xavi Martines faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.
“Kicker” nashrining ma’lum qilishicha, 31 yoshli ispanning hizmatlari bilan “Renn” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Bavariya” o‘z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Shu sababli tez orada Martinesning yangi jamoasi nomi ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.
“Bayer” futbolchisi nishonda
“Bayer” vingeri Leon Beyli o‘z faoliyatini “tumanli albion”da davom ettirishi mumkin.
“Sport1” nashrining ma’lum qilishicha, “shporlar” 22 yoshli hujumkor futbolchini qo‘lga kiritish allaqachon 35 million yevrolik taklif bilan chiqqan, biroq “Bayer” o‘z futbolchisini 40 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, Beyli uchun shuningdek “Everton” va “Arsenal” jamoalari ham kurash olib bormoqda.
Malkom Ispaniyaga qaytadimi?
Rossiyaning “Zenit” klubi yarim himoyachisi Malkom yozda Ispaniyaga qaytishi borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
Sports.runashrining ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchi ayni damda barcha narsadan qoniqish hosil qilmoqda. Shu sababli, kelasi mavsumni ham RPLda o‘tkazish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval rus nashrlari Malkom va “Sevilya” o‘rtasida muzokaralar o‘tkaziliyotgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.
Chaglar “Barsa”da?!
Angliyaning “Lester” jamaoasi himoyachisi Chaglar Suyunju faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
“NTSSport” nashrining ma’lum qilishicha, “Barselona” klubi Turkiya terma jamoasi a’zosi bilan qiziqib qolgan va uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Barselona” “Lester”ga himoyachi uchun 40 million yevro taklif qilmoqchi. Agar “tulkilar” bu taklifga ko‘nsa, Kataloniya klubi Cheglarga 5 yillik shartnoma taklif etadi.
“Roma” ishga kirishdi
Rimning “Roma” klubi Kris Smollingni qo‘ldan chiqarib yuborgach, bor e’tiborini “Barselona” himoyachisi Samuyel Umtitiga qaratadi.
“DiarioSport” nashrining ma’lum qilishicha, “bo‘rilar” Yan Vertongen bilan shaxsiy shartnoma borasida kelisha olmadi. Endilikda, markazni kuchaytirish maqsadida “Barselona” himoyachisini nishonga olmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Roma” Umtitini bir mavsumga sotib olish sharti bilan ijaraga olishni reja qilmoqda.
“Atalanta”ga Tayson kerak
“Atalanta”ga “Shaxtyor” futbolchisi Tayson bilan qiziqib qolgan.
“Sport1”ning ma’lum qilishicha, italiya klubi Ukriana chempioniga braziliyalik futbolchi uchun 12 million yevro taklif qilgan.
“Shaxtyor” o‘z futbolchisini sotishni istamayapti, biroq Taysonning o‘zi jamoa rahbarlaridan uni qo‘yib yuborishlarini iltimos qilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Atalanta” qishdayoq Ukraina klubi bilan ushbu transfer borasida muzokaralar o‘tkazgan edi.