Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Rus nashri: “O‘zbek futbolchilari RPLda! Tarix, bugungi kun va kelajak"

Rus nashri: “O‘zbek futbolchilari RPLda! Tarix, bugungi kun va kelajak"

Baho:
+ | -

Taniqli Soccer.ru nashri o‘zbek futbolchilarining Rossiya yashil maydonlarida ko‘rsatgan o‘yinlari, bugungi kuni va kelajagi haqida fikr almashadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo qit’asining eng kuchli jamoasi sanaladi. Afususki, tinmsiz omadsizliklar sababli doimo JCHdan chetda qolib ketmoqda. Shunga qaramay, bu muammo yaqin yillar ichida bartaraf etilishi turgan gap.

O‘zbekiston iqtidorli futbolchilar makoni sanaladi. Eldor Shomurodov musobaqa to‘puarari bo‘lsa, Urunov qisqa muddatda “Spartak” darajasiga ko‘tarildi. Endi esa, Jaloliddinov “Lokomotiv” bilan shartnoma imzoladi.

O‘zbek futbolchilarining Rossiyada yaxshi o‘rnashib olishlari hech gap emas. Sababi, tez orada ular RPLda legioner sanalmasligi mumkin. Bu esa, bizning yurtimizdagi o‘zbek futbolchilarining imkoniyatlarini keskin ortirishi mumkin.

O‘tmish

Aslida 40 dan ortiq o‘zbek futbolchilari Rossiya yashil maydonlarida to‘p surishga muvaffaq bo‘lgan. Shunday bo‘lsada, ularning bachasi ham o‘zidan muhim iz qoldirgan deyish noo‘rin. Ular orasida Maminov va Pashinin singari mahsus taklif bo‘yicha o‘zbek pasportini olgan “Lokomotiv” sobiq futbolchilari ham mavjud. Shuningdek, “Spartak” safida chempionlikni qo‘lga kiritgan Andrey Pyatnitski va Valeriy Kechinovlar Toshkent futbol maktabi bitiruvchisi sanalsada Rossiya terma jamoasida to‘p surganini ham unutmaslik lozim.

Ukrain, arman va rus yigitlari ham o‘zbek fuqoroligini aks ettiruvchi pasport bilan RPLda to‘p tepgan. Misol uchun, O‘zbekiston terma jamoasida 72 ta o‘yin o‘tkazgan Vitaliy Denisov “Lokomotiv” bilan Rossiya chempionligini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.   Bundan tashqari, yana ikkita Rossiya kubogi ham uning kolleksiyasida mavjud. U bir necha yillar davomida RPLning eng yaxshi qanot himoyachisi sifatida faoliyat olib borgan.

Agar etnik o‘zbeklar haqida so‘z borar ekan, barchamizning ko‘z oldimizga Mirjalol Qosimov kelishi turgan gap. “Alaniya”ning “oltin davri”da harakat qilgan Qosimov RPLdagi eng sermahsul o‘zbek sanaladi. Vladikavkaz klubida to‘p tepgan Mirjalol RPLning 181 ta o‘yinida maydonga tushgan bo‘lib, 44 ta gol va 37 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Shuningdek, yaqin o‘tmishda RPLda ishonchli o‘yin ko‘rsatgan Odil Ahmedovni ham eslab o‘tish joiz. “Krasnodar” va “Anji” safida 211 ta o‘yinda maydonga tushgan Ahmedov ikki klub safida ham juda sifatli o‘yin namoyish etgani bilan muxlislarimiz yodida qolgan. Bundan 3 yil ilgari, “Krasnodar” Ahmedovni 7 million yevro evaziga “Shanxay SIPG” klubiga sotib yubordi. E’tiborlisi shundaki, Odil Xitoyda ham o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q. U Xalk, Oskar va Arnautovichlar bilan birgalikda asosiy yetakchilar sirasiga kiradi.

Shu o‘rinda, yana bir etnik o‘zbeklardan biri sanalmush Jafar Irismetovni ham yodga olib o‘tmoqchimiz. O‘z vaqtida “Do‘stlik” safida 37 ta o‘yinda 45 ta gol kiritgan Jafar Irismetov ham “Spartak” safida biroz muddat to‘p tepgan. “Bavariya” va “Arsenal” klublariga qarshi o‘yinlarda Jafar o‘zini yaxshi ko‘rsatdi, biroq unga omad kelmadi. Keyinroq “Anji”ga yo‘l olgan. Agar uning “Bavariya” darvozasiga chalqancha uslubda bergan zarbasi golga aylanganida, barchasi o‘zgarib ketishi hech gap emas edi…

Shuningdek, 21 asr boshida Andrey Akopiyansning ham RPL muxlislari o‘yinlaridan bahramand bo‘lgan. Biroz muddat yurtimizda to‘p surgan yarim himoyachi “Rostov” safida ajoyib mavsum o‘tkazdi, biroq keyin ko‘rinmay ketdi.

Ayni damda…

Yaqin-yaqingacha Vitaliy Denisov va Vadim Afonin musobaqamizdagi o‘zbek futbolchilari qatorida edi. O‘tgan mavsumda Dostonbek Hamdamov “Anji”da o‘zini sinab ko‘rdi. Undan avvalroq Vagiz Galiulin turli o‘rtamiyona klublarda ko‘rinish berdi.

Eldor Shomurodov “Rostov” bilan 2017-yilda shartnoma imzolagan, biroq u o‘zini faqat 2019/20-yilgi mavsumdagina ko‘rsata oldi. To‘g‘ri, u har uchrashuvda gol kiritishni uddalay olmagan bo‘lishi mumkin, biroq nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi.

 

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yevropada to‘p surish orzusida. Vaholanki, u bilan Belgiyaning “Genk” jamoasi jiddiy qiziqib qoldi, lekin “Rostov”ni 5 million yevro qiziqtirmadi. “Rostov” o‘z hujumchisini 10 milliondan kamiga sotmoqchi emas. Shu o‘rinda RPLda 10 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsada, “Spartak” bilan shartnoma imzolagan Oston Urunovni ham alohida qayd etib o‘tish joiz. 19 yoshli futbolchi Moskva klubi safida o‘zini ko‘rsatish ishtiyoqida yonmoqda. U terma jamoadan chaqiruv olish uchun deyarli har bir o‘yinda 90 daqiqa harakat qilmoqchi. Ko‘plab mutaxassislar uni ikkinchi Odil Ahmedov deb hisoblamoqda.

Kelajak

Urunov kelajak uchun tashlangan qadam bo‘lib qoladi. Huddi 18 yoshli Jasur Jaloliddinov singari. “Lokomotiv” O‘zbekistondagi eng iqtidorli futbolchini qo‘lga kiritish uchun 1 million yevrodan voz kechdi. Iqtidorli Jasur o‘z tengoshlari orasida nafaqat O‘zbekistonda, balki sayyoramizdagi eng kuchli futbolchilardan biri sanaladi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, klublarimiz o‘zbek futbolchilarini sekin-asta sotib olishmoqda. Sababi, markaziy osiyoliklarning barchasi ham yangi iqlimga moslasha olmaydi. Boz ustiga, RPLda ular legioner maqomida harakat qiladi. Yangi limitga ko‘ra, endi RPLda 8 ta legionerga imkon yaratilgan. Shu omillar ham markaziy osiyolik futbolchilarning RPLdagi imkoniyatlarini keskin kamaytirib yubormoqda.

Ma’lum bo‘lganidek, bu mavsumdan boshlab Yevro va Osiyo ekonimik birlashmasiga a’zolari RPLda leginer hisoblanmaydi. Shunday ekan, endi qozoq va qirg‘iz futbolchilari uchun yo‘llar keng ochildi. Bu yildan boshlab O‘zbekiston yuqorida nomi zikr qilinan birlashmaga a’zo bo‘lish ishlarini boshlab yubordi. Bahor oyida Toshkent rasman erkin kuzatuvchi sifatida birlashma a’zosiga aylandi. Agar, ishlar shu tempda ketsa tez orada O‘zbekiston birlashmaning to‘laqonli a’zosiga ayalanadi. Bu esa, barcha o‘zbek futbolchilariga Rossiyada erkin to‘p tepish imkonini yaratadi.

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 20:48, 07.08.2020.
O'qildi: 8116 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.