Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

O‘zPFL Komissiyasi Ig G testlarini o‘tkazishda davom etmoqda

O‘zPFL Komissiyasi Ig G testlarini o‘tkazishda davom etmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zPFL Komissiyasi Coca Cola Superliganing Toshkentda o‘tadigan markazlashtirilgan turlariga jalb etilgan personallarni ro‘yxat bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

Komissiya a’zolari dam olish kunlarida “Buxoro” va “Bunyodkor” jamoalarining 25 nafardan futbolchisini Ig G testidan o‘tkazgan edi. Kecha va bugun “Buxoro” yoshlar tarkibining 17 nafar a’zosi ham mazkur testni topshirdi. Unga ko‘ra, buxoroliklarning yana 9 nafari virusni allaqachon o‘z tanasidan o‘tkazib bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Shu tariqa “Buxoro” safida allaqachon antitanachalar shakllangan futbolchilar soni – 20 nafarni tashkil etmoqda.

Komissiya Ig G testi natijasi musbat chiqqan futbolchilarning barchasini funksional holatini aniqlash maqsadida tekshiruvdan o‘tkazib bormoqda. Ayni vaqtda bunday o‘yinchilarda futbol uchrashuvlarini davom ettirish bilan bog‘liq muammolar uchraganicha yo‘q.

Bugun, shuningdek, AGMK, “Qo‘qon-1912” hamda “Nasaf” klublari vakillari Ig G testidan o‘tkazilmoqda. Hozirga qadar AGMK yoshlar tarkibining 25 nafari test topshirib bo‘ldi. Ularning 10 nafarida natijalar musbat chiqdi. Endilikda ular funksional holatini aniqlash bo‘yicha ko‘rikdan ham o‘tishadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:40, 10.08.2020.
O'qildi: 2760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.