Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Sulsher: “Bu yetarli emas”

Sulsher: “Bu yetarli emas”

Baho:
+1 | -1

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi One Gunnar Sulsher Yevropa Ligasi yarim final o‘yini oldidan o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi. Ispaniyaning “Sevilya” jamoasiga qarshi uchrashuvda “qizil iblislar” ustozi shogirdlari ikki hissa kuch bilan harakat qilishiga ishonchi komil ekanligini yashirib o‘tirmadi.

“Biz bu mavsumda ikkita yarim finalda to‘p tepdik, va omadsizlikka uchradik. O‘ylashimcha, yarim finallar borasida yetarlicha natija qayd etdik. Endi, bor e’tiborimizni sovrinlarga qaratishimiz kerak. Yarim finalga chiqish ajoyib natija, ammo “Manchester Yunayted” uchun yetarli emas.

Jamoa endi to‘liq shakillandi va g‘alabalarga juda o‘ch. Eng muhimi esa, ikkita yarim finaldagi alamli mag‘lubiyatlar bizni “Sevilya”ga qarshi o‘yin oldidan ruhlantirishi kerak. Shu sababli, musobaqadagi boshqa jamoalardan ham ko‘ra ko‘proq biz chempion bo‘lishni istashimiz darkor. Ikkita kubok bahsini kuchli to‘rtlikda yakunlaganimiz yetarli. Endi oldinga qadam tashlashimiz kerak.

Futbol juda qiziq sport turi. Agar, mag‘lubiyatga uchrasang, juda alamli hisni tuyushga majbur bo‘lasan. Buni yengib o‘tgach, ushbu hisni yurakdan tuymaslik uchun keyingi o‘yinlarda ko‘proq harakat qilish lozimligini anglab yetasan. Umid qilaman-ki, shogirdlarim mavsum so‘nggiga qadar boshqa bu hisni tuyushlariga xojat qolmaydi. Shu sababli, “Sevilya”ga qarshi o‘yinda siz g‘alabaga chanqoq, hujumkor “Manchester Yunayted”ni maydonda ko‘rasiz!”

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:35, 13.08.2020.
O'qildi: 5567 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.