Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Andrey Fyodorov: «Pandemiya yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga xalaqit beryapti»

Andrey Fyodorov: «Pandemiya yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga xalaqit beryapti»

Baho:
+ | -

17 avgustdan ikkinchi bor Superliga o‘yinlariga restart beriladi. «Lokomotiv» 10-tur uchrashuvini AGMKga qarshi «Bunyodkor» stadionida o‘tkazadi. Xabaringiz bor, navbatdagi to‘rtta tur markazlashgan tartibda neytral stadionlarda bo‘lib o‘tadi. Restartga oz qolganda «temiryo‘lchilar» ustozi Andrey Fyodorov o‘z fikrlarini bildirdi.

Superliga restartiga tayyorgarlik haqida

— O‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish oson bo‘lmayapti, chunki ba’zi sabalarga ko‘ra tez-tez rejalarimiz o‘zgarib turibdi. Avvalo inson sog‘lig‘i birinchi o‘rinda ekanini juda yaxshi tushunib turibmiz. Bir nechta futbolchilarimiz koronavirusga chalinib, tuzalib ham bo‘lishdi. Bu esa kishini xursand qiladi. Qo‘ldan kelgancha jamoani bir xil saviyaga ko‘tarishga harakat qilyapmiz. Ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik: «Buxoro» va birinchi liga klubi «Rubin»ga qarshi. Bu o‘yinlar orqali jamoa holatini yana bir bor ko‘rib oldik.

Jamoadan ketganlar haqida

— Uch nafar futbolchi bilan xayrlashdik. Bular — Ignatiy Nesterov, Oybek Qilichev va Davron Hoshimov. Albatta, asosiy tarkib a’zosi bilan xayrlashish har doim qiyin bo‘lgan va bu futbolchilarning yo‘qligi baribir o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Lekin biz mavjud tarkib bilan oldinga harakat qilishda davom etamiz.

Jamoaga yangi futbolchilar kelishi haqida

— 10 avgustdan yozgi transfer oynasi ochildi. Lekin kimdir keladimi-yo‘qmi, bu haqda aniq bir gap ayta olmayman. Barchasi klub rahbariyati bilan o‘zaro maslahatlashgan holda amalga oshiriladi.

Superligada navbatdagi raqib haqida

— AGMK yaxshi klub. Bu jamoa ushbu mavsumda yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Lekin hozir ularning holati haqida hech narsa bilmaymiz. AGMK Superligada yutqazmagan yagona klub bo‘lib turibdi. Lekin har qanday seriya baribir yakun topadi. Balki biz bilan o‘yinda ular mag‘lubiyatga uchrar.

Markazlashgan chempionat haqida

— Hozirgi sharoitda buni to‘g‘ri yo‘l deb o‘ylayman. Chunki pademiya sabab ko‘p joylarda chempionat markazlashgan tartibda o‘tkazilyapti. Eng muhimi, o‘yinlarni o‘tkazish, bu har holda umuman o‘ynamagandan yaxshiroq. Futbol ichidagilarning o‘z sevimli ishlari bilan shug‘ullanishi — eng yaxshi narsa.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 15:48, 14.08.2020.
O'qildi: 2772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.