Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

“Buxoro” va “Bunyodkor”ning ayrim a’zolari texnik zonaga qo‘yilmaydi

“Buxoro” va “Bunyodkor”ning ayrim a’zolari texnik zonaga qo‘yilmaydi

Baho:
+ | -

Bugun “Buxoro” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida Coca Cola Superliganing 9-turidan qoldirilgan o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Professional futbol mashg‘ulotlari hamda musobaqalarini tashkil qilish to‘g‘risida ishlab chiqilgan vaqtinchalik sanitariya-gigiyena qoida va me’yorlarining 4.1 bandiga asosan klublar har bir uchrashuv uchun 35 kishidan ko‘p bo‘lmagan ishtirok etuvchilar ro‘yxatini taqdim etadi. “Buxoro” va “Bunyodkor” ham bugungi bahsda ishtirok etuvchi futbolchi, murabbiy hamda rahbariyatdan iborat personallar ro‘yxatini taqdim qildi. O‘zPFL Komissiyasi mazkur ro‘yxatni o‘rganib chiqqach, har ikki klub ro‘yxatida reglamentda ko‘rsatilganidek zaruriy PZR testini topshirmagan ayrim shaxslar bor ekani ma’lum bo‘ldi.

Jumladan, “Buxoro”ning bugungi bahsda ishtirok etuvchilardan iborat ro‘yxatiga Alisher Rustamov (bosh direktor), Aleksandr Xomyakov (konsultant murabbiy), Nikolay Minchev (texnik direktor), Hasan Ro‘ziyev (bosh direktor o‘rinbosari sifatida ko‘rsatilgan, ammo O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tmagan), Avgustin Kirise (murabbiy), Nodir Jo‘rayev (murabbiy), Farrux Mirzaahmedov (marketolog), Ilhom Umurov (ma’mur), Oybek Jumanazarov (matbuot kotibi), Rajab Avezov (Haydovchi) hamda Shohjahon Nasimov (futbolchi)lar kiritilgan.

“Bunyodkor”ning xuddi shunday ro‘yxatidan esa Marat Miftaxutdinov (katta murabbiy), Rodion Sarichev (massajchi), Botir Parpiyev (katta ma’mur), Adham Akbarov (haydovchi) va Asadjon Azimjonov (futbolchi) o‘rin olgan.

Reglamentga ko‘ra, belgilangan testlarni topshirib, shifokorlardan ijobiy xulosa olmagan har qanday shaxs o‘yin vaqtida texnik hududdan o‘rin olishi, hatto jamoa avtobusiga qo‘yilishi mumkin emas. Shu boisdan yuqorida ism-familiyasi qayd etilganlar bugungi o‘yinda texnik zonaga qo‘yilmaydi. Ular PZR testi topshirganini tasdiqlab, test javoblarini O‘zPFL Komissiyasiga taqdim qilganidan keyingina kelasi uchrashuvlar vaqtida texnik hududga kirishiga ruxsat beriladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:23, 14.08.2020.
O'qildi: 2942 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.