"Marsel" hujumchisi Florian Toven faoliyatini "Atalanta"da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda Football Italia nashri.
Manbada aytilishicha, 27 yoshli fransiyalik futbolchi Bergamo klubiga 15-20 million yevroga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Tovin 2019/20 yilgi mavsumda "Marsel"ning ikkita o‘yinida ishtirok etdi va maydonda jami 20 daqiqa vaqt o‘tkazdi. Futbolchi deyarli butun mavsumni jarohati tufayli o‘tkazib yubordi.