Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«Qizilqum» o‘rtoqlik uchrashuvida «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi

«Qizilqum» o‘rtoqlik uchrashuvida «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Toshkentdagi "To‘qimachi" stadionida "Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuv superliganing 10-tur uchrashuvlaridan oldin har ikki jamoa futbolchilariga  o‘yin amaliyoti vazifasini o‘tab berdi.

Uchrashuv kutilganidek, shiddatli hujumlari bilan boshlandi. 28-daqiqada Suhrob Berdiyevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun "Qizilqum" darvozasiga penalti belgilandi. Ammo Suhrob Berdiyev penaltini aniq amalga oshira olmadi. Navoiyliklar darvozasini qo‘riqlagan Ignatiy Nesterov mahorat ko‘rsatib zarbani bartaraf etdi.

40-daqiqada "Qizilqum" vakillari qarshi hujumda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishgan edi. Oybek Rustamov juda yaxshi o‘ynab, xavfni bartaraf qildi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Oybek Qilichev darvozamizni ishg‘ol qildi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoalarda bir qator vaziyatlar yuzaga keldi. Qo‘qonliklar bosh murabbiyi tarkibdagi barcha futbolchilarga maydonda to‘p surish imkonini berdi. Bugun yoshlar jamoamiz futbolchisi Muhsin Normatov ilk marta asosiy jamoa tarkibida maydonga tushdi.

Uchrashuvning  70-daqiqasida Qadamboy Nurmetov darvozamizga  2-golini kiritdi va bu hisob o‘yin so‘nggiga qadar o‘zgarishsiz qoldi. Shu tariqa, "Qizilqum" nazorat uchrashuvida "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
"Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" – 0:2 (0:1)
Gollar: Oybek Qilichev (45), Qadamboy Nurmetov (70)
“Qo‘qon-1912” boshlang‘ich tarkibi: 21. Muzaffar Abdullayev, 3. Bobur Akbarov, 7. Shohnazar Norbekov, 9. Suhrob Berdiyev, 10. Quvondiq Ro‘ziyev, 13. Sardorbek Azimov, 14. Avazxon Mamatxo‘jayev, 15. Oybek Rustamov, 17. Muzaffar Muzaffarov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 33. Ivan Yosovich.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 20:32, 14.08.2020.
O'qildi: 2544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик