Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/10 16:00 Surxon 2-1 Lokomotiv
25/10 18:15 Navbahor 1-0 Metallurg
25/10 21:30 Udineze 2-0 Kalyari
25/10 23:45 Torino 1-0 Komo
26/10 00:00 Espanyol 0-2 Sevilya
26/10 00:00 Lester 1-3 Nottingem Forest
26/10 16:00 Qizilqum - Paxtakor
26/10 17:00 Valyadolid - Vilyarreal
26/10 18:00 Napoli - Lechche
26/10 18:15 Andijon - Olimpik
26/10 19:00 Brentford - Ipsvich
26/10 19:00 Brayton - Vulverhempton
26/10 19:00 Manchester Siti - Sautgempton
26/10 19:00 Aston Villa - Bornmut
26/10 19:15 Rayo Valyekano - Alaves
26/10 21:00 Bolonya - Milan
26/10 21:30 Las-Palmas - Jirona
26/10 21:30 Everton - Fulhem
26/10 23:45 Atalanta - Verona
27/10 00:00 Real Madrid - Barselona
27/10 16:30 Parma - Empoli
27/10 17:15 Bunyodkor - So‘g‘diyona
27/10 18:00 Leganes - Selta
27/10 19:00 Lasio - Jenoa
27/10 19:00 Monsa - Venetsiya
27/10 19:00 Chelsi - Nyukasl
27/10 19:00 Vest Xem - Man. Yunayted
27/10 19:00 Kristal Pelas - Tottenhem
27/10 20:15 Xetafe - Valensiya
27/10 21:30 Arsenal - Liverpul
27/10 22:00 Inter - Yuventus
27/10 22:30 Betis - Atletiko

Siz bilgan futbolchilarning siz bilmagan futbolchi aka-ukalari

Siz bilgan futbolchilarning siz bilmagan futbolchi aka-ukalari

Baho:
+ | -

Stdion.uz mashhur futbolchilarning aka-ukalari bilan qisqacha tanishtirib o‘tadi.

Side Sane – Leroy Sane

Yaqindagina Myunhenning “Bavariya” jamoasiga o‘tgan Leroy Sanening o‘zini eslatib yuboruvchi ukasi ham bor va u bo‘lajak futbolchi. Yosh Side Sane ayni damda akasi singari “Shalke 04” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, u ham tengdoshlaridan super tezligi bilan ajralib turadi. Hatto ayrimlar, uni Sanedan ham iqtidorliroq deb hisoblamoqda.

Gressi Benzema – Karim Benzema

Karimning aka-ukalari soni naqd 8 ta. Shu sababli, ularning barchasini alohida qayd etish mushkul. E’tiborlisi shundaki, Benzemalar oilasida faqat birgina Gressigina akasi singari futbolchilikni tanlagan. Afsuski, uning faoliyati Karim singari yorqin kechmadi. Ayni damda, Gressi Benzema Fransiyaning quyi ligalarida harakat qilmoqda. Bu mavsumdan boshlab havaskor klub bilan shartnoma imzoladi va endi uni professional futbolchi ham deb bo‘lmaydi.

Paolo Suares – Luis Suares

Janjalkash Luis Suaresning katta akasi Paolo Suares haqida eshitmagan bo‘lsangiz kerak. Luis singari hujum chizig‘ida to‘p tepuvchi Paolo Yevropada to‘p tepishga muvaffaq bo‘lmadi. Qahramonimiz deyarli butun faoliyatini Salvador chempionatida o‘tkazdi va hatto Salvador terma jamoasiga ham chaqiruv oldi. E’tiborlisi shundaki, Luis akasining boshqa davlat terma jamoasi libosini kiyganini yaxshi qabul qildi. Ular tez-tez uchrashib turishadi. Suareslarning kichigining aytishicha, Paolo juda sovuqqon futbolchilar qatoriga kiradi. Nima ham derdik, aka-ukalarning harakteri har doim ham o‘xshash bo‘lavermaydi.

Nikola Kolarov – Aleksandr Kolarov

“Roma” va “Manchester Siti” jamoalaridagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Aleksander Kolarovning akasi ham o‘z vaqtida professional futbolchi sifatida faoliyat olib borgan. Afsuski, u ukasi singari yuqori natijalarni qayd eta olmadi. Asosan Serbiya va Chernagoriya klublari sharafini himoya qilgan Aleksandr biror marotaba ham terma jamoadan chaqiruv olmagan. Ukasidan farqli o‘laroq, katta Kolarov 31 yoshidan butsalarini mixga ilib yuborgan.

Florentina, Mattias Pogba – Pol Pogba

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogbaning bir emas ikkita akasi mavjud va ularning ikkisi ham Gvineya terma jamoasi a’zosi sanaladi. Matias hujumchi va Ispaniyaning kamtarin “Syudad Real” klubi sharafini himoya qiladi. Florentin Pogba esa, bugungi kunda AQSHda istiqomat qiladi va “Atlanta Yunayted” a’zosi sanaladi. Markaziy himoyachi pozitsiyasida harakat qiluvchi Florentinning faoliyati ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

Antonio Donnarumma -Janluiji Donnarumma

Antonioning baxtiga ukasi Jiji bor Sababi, 29 yoshli darvozabon aynan akasining sharti sababli hali-hamon “Milan”da. Jiji har safar shartnomani yangilaganida, akasi uchun ham klub mo‘may maosh ko‘rsatilgan shartnoma taklif qilishini talab qiladi. Tez orada 30 yoshni qarshi oluvchi Antonio mana bir necha yillardan beri “Milan”ning 4-darvozaboni sifatida porloq kelajak uchun pul yig‘ishda davom etmoqda. Uni ba’zan kubok o‘yinlarida ko‘rish mumkin, biroq hal qiluvchi kubok uchrashuvlarida murabbiylar Antoniodan foydalanishni ko‘p ham istayvermaydi.

Torgan, Kilyan ,Etan Azar – Eden Azar

Tyerrin va Karin ulg‘aytirgan 4 ta o‘gillari ham futbolchilik faoliyatini tanlashga qaror qildi. E’tiborlisi shundaki, ularning uchalasi ham Yevropada o‘z o‘rnini topib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Torgen Azar “Chelsi”dagi omadsiz mavsumlardan so‘ng, o‘zini Bundesligada sinab ko‘rishga qaror qildi va bu o‘zini yuz foiz oqladi. Ayni damda, u “Borussiya Dortmund” jamoasining asosiy vingeri sifatida to‘p tepmoqda. Bundan tashqari, Belgiya terma jamoasiga ham muntazam chaqiruv olmoqda. Undan keyingi Kilyan esa, Belgiyaning “Serkl Bryugge” futbolchisi sanaladi. Azarlarning kenjasi Etan endigina 15 yoshga qadam qo‘ydi, biroq “Tyubiz” jamaosi bilan tez orada shartnoma imzolashi mumkin.

Roberto, Fransisko Rodriges – Rikardo Rodriges

Chililik bo‘lishiga qaramay, Shvesariya terma jamoasida to‘p suruvchi Rikardo Rodrigesning oilasidagi o‘gillarning barchasi futbolchilikni tanlagan. Rikaroning akasi Roberto bugungi kunda “Syurix” a’zosi. Kichik ukasi esa, mahaliy “Lugano” futbolchisi sanaladi.

Federiko Iguain – Gonsalo Iguain

Ayni damda “Yuventus”ga tegishli bo‘lgan Gonsalo akasi Federiko bilan birgalikda “River Pleyt” safida to‘p tepganidan ko‘pchilikning xabari bo‘lmasa kerak. Ajoyib mavsumlardan so‘ng, “Real” kichik Iguainni Madridga olib ketdi. Kattasi esa, Argentinada qoldi. Bugungi kunda Federiko MLS a’zosi “Kolambus Kryu” safida gollar kiritishda davom etmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:05, 15.08.2020.
O'qildi: 9640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.