Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Baxtiyor Ashurmatov: “SHogirdlarim yomon o‘yin ko‘rsatishmadi”

Baxtiyor Ashurmatov: “SHogirdlarim yomon o‘yin ko‘rsatishmadi”

Baho:
+ | -

Superliga 10-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida "shunqorlar" ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- Gapning ochig‘i, hozirgi vaziyatimizdan kelib chiqadigan bo‘lsam yomon o‘yin namoyish etmadik, deb o‘ylayman. Bugungi bahsda “Paxtakor” tajriba bobida ustun ekanligini yaqqol namoyish etdi. Shunday bo‘lsa-da, shogirdlarim ko‘rsatgan o‘yindan ko‘nglim to‘ldi. Ular bugun yomon o‘ynashmadi. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Agar shunday davom etsak keyingi o‘yinlarda yaxshi natijaga erishamiz. Bugungi bahsda vaziyatlardan foydalana olmaganimiz pand berdi.Buni ustida mashg‘ulotlarda yana ishlaymiz. “Paxtakor” klass bobida kuchli edi.

Bugun birinchi bo‘lib raqib darvozasi oldida xavfli hujum tashkil etdik. Azimov va Norbekovlar yaxshi vaziyatga ega bo‘lishdi. Gol bo‘lgan vaziyatgacha raqib bizning darvozamiz oldida xavfli vaziyat yarata olmadi. Standart vaziyatdan kiritilgan gol raqiblarimiz g‘alabasida muhim rol o‘ynadi. Yana shuni aytishim joizki, biz bugun ikki hujumchi bilan maydonga tushdik. Aksariyat jamoalar "Paxatkor"ga qarshi bitta hujumchi bilan o‘ynashadi yoki chuqur himoyaga yotib olishadi. “Paxtakor” bilan himoyaviy o‘ynab bo‘lmasligini bilgan holda ilk daqiqalardan hujumkor o‘yin ko‘rsatishga qaror qilgandik va shunga harakat qildik.

Bugungi mag‘lubiyatda yetakchilarning yo‘qligini bahona qilish ham noo‘rindir. Yetakchilarimiz “Lokomotiv” bilan emas, qolgan o‘yinlarda maydonga tushishlari mumkin. Ularning sog‘liqlari bilan tavakkal qila olmadik. Bugun tarkibimizda jiddiy yo‘qotishlarga duch keldik. Shuning uchun yosh futbolchilarni qaydnomaga kiritgandik. Kam o‘ynagan futbolchilarimizga imkoniyat bo‘ldi. Lekin bu bahona bo‘la olmaydi. Jamoamizda 20 nafar futbolchi bor. Mag‘lubiyatga sabab yetakchilarning yo‘g‘ligi emas, balki “Paxtakor”ning klassi sabab bo‘ldi. Bugun bizga yordam bera olmagan futbolchilar safga qaytgach, tarkibimiz kuchayishiga ishonaman. Murod Xolmuhammedovning qanday o‘ringa ega ekanligini yaxshi bilasiz. Yetakchilarimiz qaytishgach, o‘yinimiz yanada kuchayishiga ishonaman.

Norbekovning kamchiligi vaziyatlardan foydalana olmayotganidir. Agar u bu kamchiliklarni bartaraf etsa, terma jamoadan ham taklif olishi mumkin. Norbekov o‘zining ustida ko‘proq ishlashi kerak. To‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rgansa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Umid qilamanki, unga berilayotgan imkoniyatlarimiz uning o‘ziga bo‘lgan ishonchlarni oshishishiga sabab bo‘ladi. Shohnazar bunga qodir. “Paxtakor”ni bugungi haqli g‘alaba bilan tabriklayman.

Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати
Kiritildi: 23:06, 18.08.2020.
O'qildi: 1786 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.