Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Hamidjon Aktamov: «Qiyin g‘alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman»

Hamidjon Aktamov: «Qiyin g‘alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 10-turidan o‘rin olgan “Qizilqum”- “Buxoro” (1:0) jamoalari uchrashuvidan keyin klub bosh menejeri Hamidjon Aktamov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— Qo‘lga kiritilgan qiyin g‘alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman. Juda og‘ir o‘yin bo‘lishini bilardik va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Nihoyat uzoq kutilgan g‘alaba qo‘lga kiritildi va o‘ylaymanki, bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Muxlislar oldida qarzdorligimiz ko‘p, navbatdagi bahslarda ham ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

— Tarkibga 6 nafar yangi futbolchi qo‘shib olindi va ularning barchasi asosiy tarkibda o‘ynadi. Bu futbolchilar harakati sizni qoniqtirdimi?
— Avvalo shuni aytishim kerak, koronavirus bizning futbolchilarni ham chetlab o‘tmadi va ko‘p futbolchilarimiz bundan sog‘ayib ham bo‘lishdi. Ba’zilar endi-endi o‘ziga kelyapti. Yangi futbolchilar astoydil harakat qilishdi. Keyingi o‘yinlarda ham yanada faollik kutib qolamiz.

— Amalga oshirilgan transferlardan ko‘nglingiz to‘qmi?
— Tajribali futbolchilarni qo‘shib oldik. Hammasi joyida. Yana o‘zgarishlar bo‘ladi. Bu borada futbolchilar bilan muzokaralar ketyapti. Agar ishimizga chetdagilar aralashmasa yanada yaxshi natija ko‘rsata olamiz. Kim haqida gapirayotganimni ko‘pchilik yaxshi biladi. Agar futbol kerak bo‘lsa, ana futboli yo‘q viloyatlarga borib futbolni ko‘tarsin. Daraxt endi hosilga kiradigan paytda tagidan kesish yaxshi emas. 2016 yil 6-o‘rinni olgandik, bu yil ham yuqori maqsadlar qo‘yilgan. Nasib qilsa rahbariyat oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ladi.

Manba: fcqizilqum.uz
Kiritildi: 11:23, 19.08.2020.
O'qildi: 1622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.