Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Ravshan Haydarov: «Vazifam – shu futbolchilar bilan natija ko‘rsatish»

Ravshan Haydarov: «Vazifam – shu futbolchilar bilan natija ko‘rsatish»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Navbahor” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Surxon” bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Uning fikrlari esa quyidagicha bo‘ldi.

"Bugungi o‘yin qiziqarli tarzda kechdi. Birinchi bo‘limning 15-20 daqiqasi “Navbahor”ning ustunligida o‘tdi, keyin esa shogirdlarim o‘zlariga kelib, o‘z o‘yinlarini ko‘rsatishni boshlashdi.

Ikkinchi bo‘limda umuman boshqacha futbol bo‘ldi. O‘ylaymanki, bugun 3 ochkoga loyiq o‘yin ko‘rsatdik. Omadsizlik tufayli durang qayd etdik. Xatolardan xulosa qilib, keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Dastlabki 20 daqiqa mahalla futboliga o‘xshab ketgani rost. Menimcha, bunga pandemiya sababli, yuzaga katta tanaffus, keyin himoyada yetakchi futbolchilarimiz yo‘qligi sabab bo‘ldi. Menimcha, Darko Stanoyevich bo‘lganida yigitlar o‘yinni xotirjam tarzda o‘tkazishardi.

To‘g‘ri, o‘yin oxirida futbolchilarda toliqish bo‘ldi. Zaxiramiz uzun emas, jarohat olganlar bor. Yosh futbolchilarni maydonga tushirishga hayiqdim. To‘g‘ri, reja bo‘yicha ketma-ket o‘yinlarga tayyor bo‘lishimiz kerak. Jarohat olgan futbolchilar safga qaytishlarini kutamiz. Afsuski, bugun Aleksandr Kasyan to‘rtinchi sariq kartochkasini oldi va keyingi bahsda bizga yordam bera olmaydi.

Bubanya bilan deyarli ishlamadim. Andijonga borib, 5 daqiqa o‘ynaganini hisobga olmasak, qaytib kelganidan keyin yo‘q bo‘lib qoldi. Pandemiya tufayli karantin bo‘ldi, uyiga ketganini eshitdim. Uning shartnomasi qanday edi, to‘g‘risi xabarim yo‘q. Shu bois, bu borada boshqa hech narsa ayta olmayman.

Jamoa o‘yinida xatoliklar va kamchiliklar bor. Kelganimdan keyin o‘z falsafamni singdirib borishga intilyapman. Bu borada ishlayapmiz.

“Surxon”da tajribali futbolchilar ko‘pmi? Bilasiz, men jamoaga mavsum yarmida keldim, futbolchilar menga qadar klubga kelishgan. Mening vazifam tarkibdagi shu bor futbolchilar bilan natija ko‘rsatish.

Bugungi o‘yin hakamlarining harakatlariga izoh bera olmayman. Ularni nazorat qiladigan komissiya bor", — dedi Haydarov.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:59, 20.08.2020.
O'qildi: 3928 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.