Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Super final

Super final

Baho:
+ | -

"PSJ" - "Bavariya". Chempionlar ligasi darajasiga mos final. Ikkisi ham turnirga o‘z yurti chempioni sifatida chiqqan va bu mavsum ham chempion bo‘ldi. Plyus, taxmin qilish murakkab bo‘lgan final.

Ha, "Bavariya" qo‘rqinchliroq ko‘rinadi. Biroq Mbappe, Neymar, Di Mariyalar haddan tashqari xavfli va sxemalarni buzib tashlay oladigan texnikaga ega. Muhim tomoni, ular avvalgidek alohida dunyo bo‘lib emas, o‘zaro kombinasion futbol o‘ynashga o‘rganishdi. Shuning evaziga "PSJ" nihoyat birinchi bor finalga chiqdi. Fransuzlarda asosiy kuch konsentrasiyasi oldingi chiziqda. Keyin sovuqqon “buzg‘unchilardan” iborat markaz. O‘rtacha saviyali himoya. Yaxshi darvozabon. Ya’ni hammasi alohida, guruchi, sabzisi, go‘shti. "Bavariya"da esa aralash, ya’ni pozisiya hamda chiziqlar o‘rtasida mukammal balans. Bir tekis.

"PSJ" - "Bavariya". Qat’iy va o‘ta aniq hisob-kitobga qarshi improvizasiya va noodatiy yondoshuv. Bunday ko‘rinishdagi qiziqarli finalni intizorlik bilan kutyapman, natijasiga esa befarqman. Finaldan zavq olishning eng zo‘r yo‘li shu.

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 07:15, 20.08.2020.
O'qildi: 6616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.