«Inter» hujumchisi Romelu Lukaku Yevropa ligasi finalida «Sevilya» darvozasiga bitta gol urdi.
Belgiyalik futbolchi uchun bu gol musobaqaning joriy mavsumidagi yettinchi gol bo‘ldi. Saralash bosqichini inobatga olmaganda, Lukaku to‘purarlar ro‘yxatini 2-o‘rinni egalladi.
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh esa 8ta gol bilan Yevropa ligasi to‘purariga aylandi.
Uchinchi pog‘onani 6ta gol bilan Andraj Shporar («Sporting»/»Slovan»), Daiti Kamada («Ayntraxt»), Alfredo Morelos («Reynjers»), Edin Vishcha («Istanbul) va Diogu Jota («Vulverxempton») egallashdi.