Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Jamshid Saidov: "G‘alaba bizga suv va havodek zarur edi"

Jamshid Saidov: "G‘alaba bizga suv va havodek zarur edi"

Baho:
+ | -

"Surxon"ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng "Buxoro" bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Birinchi navbatda o‘yin uchun yigitlarga katta rahmat aytaman. Bu birinchi g‘alabamiz bo‘ldi. Niyat qilamanki oxirgisi ham bo‘lib qolmaydi. Kelasi barcha o‘yinlarda ham qattiq harakat qilamiz. Bu g‘alaba bizga suv va havodek zarur edi. Yana bir bor katta rahmat deyman yigitlarga va bizni Buxorodan turib, oynayi jahon orqali qo‘llab-quvvatlab turgan muhlislarimizga. Ushbu g‘alabani ularga bag‘ishlaymiz.

Ko‘pgina vaziyatlarda oqsab qolyapmiz, bu o‘yinda ham anchagina vaziyatlar ko‘kka sovurildi. Bu bizning katta kamchilikimizdir, albatta bu muammoni bartaraf etish uchun qattiq mehnat qilamiz. Yosh futbolchilarmiz esa o‘yindan o‘yinga kuchayib boraverishadi", -dedi Saidov.

Manba: Бухоро матбуот хизмати
Kiritildi: 22:03, 22.08.2020.
O'qildi: 2221 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик