Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Kanchelskis: "Yaxshiroq maydon va o‘yinni qulay vaqtga belgilab berishgani uchun tashkilotchilarga rahmat"

Kanchelskis: "Yaxshiroq maydon va o‘yinni qulay vaqtga belgilab berishgani uchun tashkilotchilarga rahmat"

Baho:
+ | -

Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Mash’al” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Andrey Antanasovich o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshlab, quyidagi so‘zlarni gapirdi.

- Avvalo “Mash’al”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Barakalla, yigitlar. Mazkur o‘yin ikki xil bo‘limdan iborat bo‘ldi. Birinchi bo‘limda shogirdlarim yaxshi o‘yin namoyish eta olishmadi. Ikkinchi 45 daqiqalikdagi o‘yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Yigitlar xavfli vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Hisobni tenglashtirishimiz kerak edi. Ammo biroz omadimiz kelmadi. Nimayam derdim, bu futbol.

Tashkilotchilarga rahmat aytaman. Oldingi tur bilan solishtirganda, bu safar yaxshiroq maydon va o‘yinni qulay vaqtga belgilab berishgani uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman.
Shuningdek, bugun maydonga tushgan shogirdlarimga ham rahmat. Yigitlarga ikkinchi bo‘limdagi o‘yin uchun e’tirozim yo‘q. Birinchi bo‘limdagi o‘yinni esa tahlil qilamiz.
Hayot davom etadi, endi keyingi turdagi AGMKga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Bugungi o‘yinda “Navbahor”ga g‘alaba qozonish uchun nima yetishmadi?

- Gollar yetishmadi. Albatta, tarkibimizda yo‘qotishlar mavjud. Bir qancha futbolchilarda kasallik simptomlari bor. Ammo tarkibimizda boshqa o‘yinchilar ham bor hamda ular ham maydonga tushib o‘ynashlari kerak. Afsuski, koronavirus bizniyam chetlab o‘tgani yo‘q.
Bugungi o‘yinni tahlil qilamiz, gaplashamiz. Ushbu uchrashuvda biz mag‘lubiyatga uchradik, raqib esa g‘alaba qozondi. “Mash’al”ni yana bir marta yutuq bilan tabriklayman.

- “Navbahor” murabbiylar shtabida ish boshlagan No‘’mon Hasanovning asosiy vazifasi nimalardan iborat bo‘ladi?

- No‘’mon Hasanov “Navbahor”da tashkiliy ishlar va mashg‘ulot jarayonida menga yordam beradi. Ayni paytda yordamchi murabbiy karantin tufayli Moskvadan kela olmayapti. Shu bois, No‘’mon Hasanov menga yordam beradi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: Навбаҳор матбуот хизмати
Kiritildi: 08:46, 23.08.2020.
O'qildi: 3038 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.