Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Hamidjon Aktamov: "G‘oliblar ortiqcha muhokama qilinmaydi"

Hamidjon Aktamov: "G‘oliblar ortiqcha muhokama qilinmaydi"

Baho:
+ | -

Superliga 11-turida "Qizilqum" «Metallurg» bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida klub bosh menejeri Hamidjon Aktamov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

"O‘yin haqida nima ham deyishim mumkin? Bugun yana Navoiy xalqi uchun quvonchli kun bo‘ldi. G‘alaba bilan barchani tabriklayman. O‘yinni bizning jamoa nazorat qildi, vaziyatlar yaratdi. Futbolchilar ko‘rsatmalarimizni to‘liq bajarishdi. Jamoa asta-sekin moslashib bormoqda, yoshlar ham o‘yindan-o‘yinga tajriba orttirib borishmoqda. G‘oliblar ortiqcha muhokama qilinmaydi deyishadiku", - deya gap boshladi Hamid Aktamov.

- "Qizilqum" transferlar oynasi vaqtida faol bo‘ldi. Kuchli va tajribali futbolchilar olib kelindi. Bu o‘yinga ham ta’sirini ko‘rsatdi. Qaysi omillarga ko‘ra jamoada bu qadar jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urildi? Homiylar tomonidan qo‘shimcha mablag‘ keldimi?

- Yo‘q, bu gap homiylarda emas. O‘tgan safar ham bu savollarga ko‘p bor javob berganman, keling shunga javob bermay qo‘ya qolay. Jamoani kuchaytirish, har bir o‘yinda yutish uchun shunaqa o‘zgarishlarga qo‘l urdik. Homiyimiz o‘sha o‘sha, ortiqcha boshqa homiylardan mablag‘ kelgani yo‘q.

- Jamoa ketma-ket ikki marotaba g‘alaba qozondi. Potensial jihatdan jamoangiz kuchli sakkizlikka kira oladimi?

- Hozir hech narsa deya olmayman. Ochkolarni mavsum yakunida sanaymiz, oldinda o‘yinlar ko‘p. Mavsumni yuqoriroqda yakunlashga harakat qilamiz.

- Keyingi turlarda tarkibda rotatsiyalar ko‘ramizmi? Ko‘ryapmiz, aksariyat jamoalar bir hil tarkib bilan harakat qilmoqda. Buning natijasida futbolchilar charchab qolmoqda. Rotasiyalarni amalga oshirgan jamoalar yutib ketmoqda. Sizda bu borada holat qanday?

- Bizda futbolchilarning holati yaxshi. Vaqtiga qarab rotasiyalar qilamiz. Mana bugun ham yoshlarni maydonga tushirdik. Shu orqali ularni ham tayyorlab boramiz. Futbolchilarni jismoniy holati qoniqarli. Alisher Sanoyevning jarohati og‘irroq, shu bois almashtirdik.

Manba: Қизилқум матбуот хизмати
Kiritildi: 09:20, 23.08.2020.
O'qildi: 1742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.