Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Prevyu. «Paxtakor» - «Lokomotiv»

Prevyu. «Paxtakor» - «Lokomotiv»

Baho:
+ | -

Superliga  12-turida "Paxtakor" Toshkent derbisida "Lokomotiv" bilan maydonga tushadi.

Jamoalar safida diskvalifikasiya bilan bog‘liq yo‘qotishlar mavjud emas. Shu sababli oxirgi yillarda keskin ruhda o‘tayotgan derbida jamoalar bor imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.

Chempionatlar tarixida jamoalar jami 32 bor to‘qnash kelishgan. Ularning 18tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan. 8 bellashuvda durang natija qayd etilib, 6 marta "Lokomotiv" ustun kelgan. Raqib darvozasiga 65 gol urgan "Sherlar" 31 to‘p o‘tkazib yuborishgan. 2006 yil o‘zaro o‘yinlar tarixidagi eng yirik natija kuzatilgan. O‘shanda jamoamiz 7:1 hisobida muvaffaqiyatga erishgan. 2005 yilgi bellashuvda esa Anvar Soliyev raqib darvozasiga 5ta to‘p kiritgan! G‘alabalardan 5tasi yirik natija bilan erishilgan.

O‘zaro o‘yinlar to‘purari Anvar Soliyev bo‘lib, u "Lokomotiv" darvozasini 10 marta ishg‘ol qilgan. Server Jeparov hisobida 5, Uche Ixeruome, Stanislav Andreev, Aleksandr Geynrix hisobida 4tadan gol bor. Raqibdan Marat Bikmayev 5 gol urishga erishgan. Zayniddin Tojiyev, Akmal Xolmatov va Temurxo‘ja Abduxoliqov derbilarda har ikki jamoa uchun to‘p kiritgan futbolchilar sanaladi.

"Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 24 avgust, dushanba kuni soat 18:30da "Lokomotiv" stadionida boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 15:23, 23.08.2020.
O'qildi: 2549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик