Kirish Ro'yxatdan o'tish

Krasniskiy 80 yoshga kirgan bo‘lar edi

Krasniskiy 80 yoshga kirgan bo‘lar edi

Baho:
+ | -

O’zbek futboli tarixidagi XX asrning eng yaxshi futbolchisi deya yod olinadigan Gennadiy Krasnitskiy hayot bo'lganida bugun 80 yoshni qarshi olgan bo'lar edi.

Buyuk futbolchi qisqa, biroq juda yorqin umr ko’rdi va nafaqat o'zbek futbolida, balki butun sobiq ittifoq futbolida sezilarli iz qoldirdi.

“Paxtakor” jamoasi safida 400 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushdi va 200 dan ortiq golga mualliflik qildi.

Ko’plab mutaxassislar Krasnitskiyni futbol tarixidagi eng kuchli zarba sohibi sifatida ham tan olgan. Uning uzoq masofadan Peruning “Sporting Cristal” klubi darvozasi tomon tepgan to’pi darvoza to’rini yirtib yuborgani futbol muxlislari tomonidan hali hamon eslanadi.

Shuningdek, “Gennadiy Krasnitskiy nomidagi toʼpurarlar klubi” tashkil etilgan bo’lib, O’FA tomonidan faoliyatida 100 gol urgan futbolchilarga klub aʼzoligini bildiruvchi mukofot topshirib kelinmoqda.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:27, 27.08.2020.
O'qildi: 2762 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик