Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Viktor Kumikov: «O‘yin boshlanishiga 50 daqiqa qolganida to‘liq tarkib bilan yig‘ildik»

Viktor Kumikov: «O‘yin boshlanishiga 50 daqiqa qolganida to‘liq tarkib bilan yig‘ildik»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Kumikov o‘z fikrlarini bildirdi.

"Paxtakor" barcha jabhada bizdan ko‘ra kuchli jamoa. Ham ijrochilar bo‘yicha, ham boshqa tomonlama. Bugun sodir bo‘lishi kerak bo‘lgan narsa ro‘y berdi.

Ammo birinchi golda menimcha sun’iy o‘yindan tashqari holatni vujudga keltirishda xato qildik. Ikkinchi golda esa hakam xato qildi deb o‘ylayman. Sababi futbolchi 5 metrdan yo‘llangan zarba vaqtida qo‘lini olib qocha olmaydi. U hatto to‘pni ko‘rmagandi ham.

Bizda ham deyarli shunday vaziyat bo‘ldi, ammo hakam vaziyatni ko‘rmay qoldi. Hakamlar "Paxtakor"ga yordam berishlari shart emas, ular shundoq ham kuchli.

— Keyingi o‘yinlarda ham bugungidek dastlab o‘ynamaymiz, keyinroq o‘ynaymiz degan holatlar bo‘ladimi?

— Bugungi o‘yin boshlanishiga 50 daqiqa qolganida to‘liq tarkib bilan yig‘ildik. Bu ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Hozir biroz tanaffus bo‘ladi. Balki bu tanaffus vaziyatni yaxshi tomonga o‘nglanishiga yordam berar. "Andijon" haqida oldindan nimadir deyish imkonsiz. U yerda har soatda o‘zgarishlar bo‘ladi. Bugun tushgacha o‘ynamasligimiz kerak edi, tushdan keyin o‘ynaydigan bo‘ldik. Balki Andijonda investorlar topilar va hech bo‘lmasa eng zarur narsalar uchun pul berilar.

Temur Usmonov bugun kamida 10 marta o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi? U har bir vaziyatdan keyin o‘yindan uzilib qoladi. Himoyachilar o‘z o‘rnilariga borishguncha ulgurmay qolgandir".

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 22:46, 27.08.2020.
O'qildi: 5429 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик