Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Superliga. «Paxtakor» 1 sentyabr kuni «Navbahor» bilan o‘ynaydi

Superliga. «Paxtakor» 1 sentyabr kuni «Navbahor» bilan o‘ynaydi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Coca Cola Superliganing II davra uchrashuvlari karantin qoidalari yumshatilganidan kelib chiqib, uy-safar tizimida o‘tishini ma’lum qilgandi. 

Sir emaski, “Paxtakor” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etish uchun 10 sentyabr kuni Qatarga yo‘l oladi. Shu bois, Superliga uchrashuvlarini to‘liq yakuniga yetkazish uchun O‘zPFL “Paxtakor” klubining 10 sentyabrga qadar 3 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushishi kerakligini ma’lum qildi va rejaga kiritdi. Bunda “Paxtakor” ketma-ketlikda “Navbahor”, “Buxoro” va “Metallurg” klublariga qarshi kurash olib borishi kerak.

O‘FA Terma jamoalar markazi 3 sentyabr kuni Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bor ekanidan kelib chiqib, “Buxoro” va “Navbahor” jamoalari ketma-ketligini o‘zgartirishni so‘radi. Ammo “Buxoro” klubi markazlashtirilgan musobaqada qolgan jamoalardan bitta ko‘proq o‘yinda maydonga tushgani, shuningdek, klubni bir qator futbolchilar tark etganidan kelib chiqib, mazkur taklifga rozi bo‘lmadi. O‘z navbatida “Paxtakor” klubi Qatar safari oldidan Namangan yoki Muborakda emas, yaqinroq hududda uchrashuv o‘tkazishi to‘g‘riroq bo‘lishi, shundan kelib chiqib, ketma-ketlikni taqvim bo‘yicha belgilash to‘g‘ri bo‘lishini ma’lum qildi. O‘zPFL klublarning bu takliflarini hurmat qiladi. 

Shundan kelib chiqib, uchrashuvlar quyidagi sanalarga belgilandi:

1 sentyabr, 19:00 “Navbahor” — “Paxtakor”

5 sentyabr, 18:00 “Buxoro” — “Paxtakor”

8 sentyabr, 19:00 “Metallurg” — “Paxtakor”

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:11, 27.08.2020.
O'qildi: 3422 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик