"Inter" "Roma" qanot himoyachisi Aleksandar Kolarovga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikola Skira yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi transferini "neradzurrilar" bosh murabbiyi Antonio Konteing shaxsan o‘zi xohlamoqda.
Transfermarkt portali 34 yoshli Kolarovni 5 million yevroga baholamoqda.