Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 23:45 Jenoa 3-0 Kalyari
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Mana buni transfer desa bo‘ladi!

Mana buni transfer desa bo‘ladi!

Baho:
+1 | -

Futbol olamida transferlarning tutgan o‘rni juda beqiyos. Sababi, bu bu omil jamoani kuchaytirishi va kelajakda katta daromad keltirishi mumkin. Omadsiz transferlar esa, klubning moliyaviy muammolarini ortib ketishiga olib boradi. Bugun stadion.uz So‘nggi yillardagi eng omadli transferlar bilan tanishtirib o‘tadi. 

Yan Oblak

Sloveniyalik darvozabon ayni damda sayyoramizning birinchi raqamli kipperlaridan sanaladi. 2014-yilda “Benfika”dan atigi 16 million yevro evazig sotib olingan darvzaboni transfermarket portali 80 million yevroga baholamoqda. Ishonchli, sovuqqon va tezkor Oblakni “Chelsi” qo‘lga kiritish uchun 100 million yevrodan voz kechishga tayyor ekanliginidan xabaringiz bor, biroq “Atletiko” Oblakni qo‘yib yubormoqchi emas. Yan nafaqat dunyoning eng qimmat kipperi, balki eng ishonchli darvozabonlaridan biri sanaladi. Bunday o‘yinchini atigi 16 million yevro evaziga qo‘lga kiritgan klubga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q.

Serj Gnabri

“Vest Bromvich”, “Arsenal”, “Xoffenxaym” singari klublarda “sargardon” bo‘lgan Gnabri uchun “Bavariya” 8 million yevro sarf etishga qaror qildi. Bir qarashda ancha tavakkal ish (“Bavariya” uchun), lekin yakunda Gnabri jamoaning asosiy qanotdagi quroliga aylandi. Ayniqsa, bu mavsumda vingerning gollari Myunhen klubiga YECHLda zafar quchish imkoniyatini taqdim etdi. “Manchester Siti” himoyachilar uchun 50 million funt to‘layotgan bir paytda, “Bavariya” 8 million yevro evaziga super vingerni qo‘lga kiritgani tahsinga sazovar. Ha aytgancha, bugungi kunda Transfermarket portali Gnabrini 72 million yevroga baholamoqda. Bu borada ham “Bavariya”ning omadi keldi, desak adashmagan bo‘lamiz.

Yozua Kimmix

Myunhen klubining yana bir a’zosi bugungi ro‘yxatimizdan o‘rin egallamoqda. “Bavariya”da ikkinchi Filip Lamga aylangan Kimmixni “Bavariya” “RB Leypsig”dan atigi 8,5 million yevro evaziga sotib olgan edi. 20 yoshli bolakay qisqa muddatda asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Uning universalligi jamoaga maydonning o‘zi taktik o‘zgarishlar qilishga va himoyadagi muammolarni bartaraf etishda ko‘mak bermoqda. Ayni damda, uning transfer narxi 75 million yevroga teng. Kimmixning hali yosh ekanligini inobatga olsak, bu summa yaqin yillar ichida 100 millioni tashkil etishi hech gap emas.

Muhammad Saloh

“Chelsi”dagi omadsizlikdan so‘ng, “Liverpul” misrlik futbolchining transferi uchun 42 million yevro sarf etdi. Bir qarashda omadsiz transferdek ko‘rinishi mumkin, ammo bu tanlov yakunda “Liverpul”ga katta foyda keltirdi. Aynan Salohning transferidan so‘ng, “Liverpul” yana grandga aylandi. YECHLda zafar quchdi. 30 yillik tanaffusdan so‘ng yana APLda tengsiz bo‘ldi. Umuman olganda, futbolchi uchun sarf etilgan 42 million allaqachon o‘zini oqlab bo‘ldi. Qo‘shimchasiga, futbolchining transfermarket portalidagi narxi ham tobora o‘sib bormoqda. Salohni qo‘lga kiritishni istagan klub ayni damda 120 million yevro sarf etishi lozim. Vaholanki, “Liverpul” uni 150 million yevro evaziga ham qo‘yib yubormasligi aniq.

Sadio Mane

Ushbu transfer ham “Liverpul”ning super grandga aylanishi yo‘lida oldinga tashlangan qadam bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Mehnatkash, kamtarin va juda chaqqon Mane ayrim uchrashuvlarda bir o‘zi jamoani oldinga boshlaganiniga ham guvoh bo‘ldik. O‘z vaqtida senegallik atlet uchun “Sautgempton”ga 41,2 million yevro sarf etgan Kloppni “Sky Sport” ekspertlari keskin tanqid qilgan edi. Endilikda, aynan ular Manening o‘yinlaridan zavq olayotganini yashirib o‘tishirmayapti. Qahramonimiz ham Saloh singari 120 million yevroga baholanmoqda. Uni “Real” va “Barselona” singari klublari o‘z jamoasida ko‘rish niyatida, lekin “Liverpul” katta ehtimol bilan Mane borasidagi istalgan taklifni rad etadi. Sababi, Yurgen Kloppning chempion tarkibi Manesiz tasavvur etish mushkul.

Jeydon Sancho

Ushbu ro‘yxatimizdagi birinchi o‘rinni Jeydon Sancho egallamoqda. Bundesligani qisqa muddatda zabt etgan ingliz uchun Dortmund klubi atigi 7,8 million sarf etganiga ishonasizmi? “Manchester Siti” klubi imkoniyat taqdim etmagan futbolchi Luisiyen Favr qo‘l ostida chinakamiga porlashga muvaffaq bo‘ldi. Tezkorlik, kuchli texnika va ajoyib uzatmalarni o‘zida jam qilgan Sanchoni transfermarket portali 117 milllionga baholamoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, agar “Borussiya Dortmund” istasa, istalgan daqiqada 109,2 million sof daromad olishi mumkin. Agar nemis klubi Sanchoning transferidan pul ishlab olishni istaganida, uni allaqachon “Manchester Yunayted”ga sotib yuborgan bo‘lar edi. Futbolchining o‘zi o‘sishdan to‘xtab qolmasa, tez orada sayyoramizning eng qimmat futbolchisiga aylanadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:33, 28.08.2020.
O'qildi: 26175 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.