Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Jamshid Saidov: «O‘yinga 4 daqiqa qo‘shilgan edi, lekin negadir o‘yin cho‘zilib ketdi»

Jamshid Saidov: «O‘yinga 4 daqiqa qo‘shilgan edi, lekin negadir o‘yin cho‘zilib ketdi»

Baho:
+ | -

Superliganing 13-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Buxoro" - AGMK uchrashuvidan keyin buxoroliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘yin haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Birinchi navbatda futbolchilarimizga katta rahmat deyman, borlarini berib o‘ynaganlari, xarakter ko‘rsatishganlari uchun. Afsuski g‘alaba qozona olmadik, oxirgi daqiqalarda to‘p o‘tkazib yubordik. Futbolchilar oldilariga qo‘yilgan vazifalarni a’lo darajada bajarishdi.

Biz himoyadan o‘yinni olib borib, qarshi hujumlar orqali harakat qildik.

Bizda moliyaviy muammolar bor, PFLdan qarzimiz mavjud. Faqatgina ikki o‘yinchini tarkibimizga qo‘sha oldik. Umid qilamanki bizga yana transfer qilishga imkon berishadi. Buxorodagi stadion bu yil tayyor bo‘lmasa kerak, shu sababli «Paxtakor» bilan o‘yinni toshkentda o‘tkazamiz, bizga farqi yo‘q qayerda to‘p surishimizni, shundog‘am barcha o‘yinlarimizni neytral maydonda o‘tkazyapmiz, hozirgacha Muborakdagi stadionda uy uchrashuvlarimizni o‘tkazayatgan edik.

Himoyada hech qanaqa sarosimalik ro‘y bergani yo‘q. O‘yinga 4 daqiqa qo‘shilgan edi, lekin negadir o‘yin cho‘zilib ketdi. Men hozir bilmayman, penalti bor yoki yo‘qligini. Hakamlar qo‘mitasi o‘yinni ko‘rib o‘z baholarini berishadi degan umiddaman", — dedi Jamshid Saidov.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 22:30, 29.08.2020.
O'qildi: 2001 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.