Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

O‘zPFL Pro-liga masalasida oldinga qadar tashladi

O‘zPFL Pro-liga masalasida oldinga qadar tashladi

Baho:
+ | -

Pro liga uchrashuvlarini va nihoyat ekranlarga olib chiqishga erishdik. Bu biz uchun katta yutuq.

O‘z vaqtida Sport-TV quyi ligadan bir nechta uchrashuvlarni ko‘rsatgan albatta. Bugun esa O‘zPFL Pro liga translyasiyasi masalasida UzReport bilan kelishuvga ega. Buning ilk mevasini bugun ko‘rdik. 2020 yilning 30 avgust kuni sharhlovchi Orif Tolipov “Dinamo” — “Xorazm” uchrashuvini jonli efirda sharhlab bordi.

“Dinamo” bir yil avval Superligada to‘p surganidan kelib chiqib, uning o‘yinlarini futbol muxlislari ko‘p bor tomosha qilishgan. Xorazmlik futbol muxlislariga esa o‘z jamoalarining Futbol-TV kanalida ko‘rinish berishi haqiqiy sovg‘a bo‘ldi deyishimiz mumkin.

Kelishuvga ko‘ra, mavsum yakuniga qadar har turdan kamida 1 ta uchrashuv efirga olib chiqiladi. Kelasi yildan esa translyasiyalar soni oshadi. Biz shu yilning o‘zidayoq jonli efirlar sonini ko‘paytirish ustida ishlaymiz.  

Faqat unutmaslik kerakki, har bir stadiondan ilk efir test rejimida bo‘ladi. Aytaylik, “Dinamo” stadionida ishlash endi Futbol-TV uchun begona emas, qolgan stadionlar esa hozircha yangi ob’ekt. Translyasiyalar bizga iloji boricha shaffoflikka erishish imkonini beradi. Translyasiyalar maydonlar holati, futbolchilar harakati, hakamlar qarorlari, O‘zPFL kamchiliklari haqida tasavvur paydo qiladi. Shundan kelib chiqsak, bu oldinga tashlangan katta qadamdir. Ishonamizki, oldinda ko‘p yaxshi yangiliklar kutib turibdi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 19:54, 30.08.2020.
O'qildi: 2204 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.