Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Klubsiz qolib ketgan yulduzlar

Klubsiz qolib ketgan yulduzlar

Baho:
+ | -

Stadion.uz ayni damda erkin agent maqomidagi taniqli futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi.

Aleshandro Pato

So‘nggi klubi “San Paulu” jamoasi bo‘lgan hujumchi ayni damda o‘zi uchun yangi jamoa izlash bilan band. Xitoy birinchiligida faoliyatini qayta ishga tushirishga urinib ko‘rgan Pato endigina 30 yoshga chiqdi. To‘g‘ri, qahramonimiz “Milan” safida ko‘rsatgan o‘yinlarini boshqa namoyish eta olmayapti, biroq uning nimalarga qodir ekanligini barcha biladi. Balki shu sababli, transfermarket portali hujumchini 5 million yevroga baholayotgandir.

Neven Subotich

Yurgen Klopp davrida Subotich Hummels bilan shu qadar ajoyib tandem hosil etdiki, hatto uni Serxio Ramos bilan solishtirishni  boshlab yuborishgan edi. Afsuski, Dortmund klubidan ketish, Subotichga biroz qimmatga tushdi. Avvvaliga “Sent-Etyen” sharafini munosib himoya qilgan futbolchi ortda qolgan mavsumni “Berlin Union” klubida o‘tkazdi. Afsuski, serb kutilgan darajani namoyish etmadi. Berlinliklar esa, ajoyib o‘tmish uchungina u bilan shartnomani uzaytirishni istamadi. Oqibatda, transfer narxi 2 million yevrolik futbolchi erkin agentga aylandi.

Klaudio Bravo

Mavsum so‘nggida “Manchester Siti” bilan o‘rtadagi shartnomasi yakunlangan darvozabon ham ayni damda ko‘plab grandlar e’tiborida turibdi.

Afsuski, chililik kipper anchadan beri terma jamoadan chaqiruv olmayapti. Vaholanki, Pep Gvardiola uni “Liverpul”ga qarshi o‘yinda maydonga tushirishdan sira cho‘chimagan edi. To‘g‘ri, Bravo 37 yoshda, biroq zamonaviy futbolda bu yosh darvzabonlar uchun qo‘rqinchli emas. Uni qo‘lga kiritgan klub sira afsus chekmasligi aniq. Sababi, tajribali darvozabon istalgan vaqtda qo‘l kelishi va yoshlarga ajoyib namuna bo‘lishi turgan gap.

Gael Klishi

“Arsenal” va “Manchester Siti” klublarining sobiq qanot himoyachisi 35 yoshni “urib qo‘ydi”, ammo to‘xtash haqida bosh qotirmayapti. O‘zining so‘nggi klubi – “Istanbul” safida Robinyo bilan birgalikda Turkiya chempionligini qo‘lga kiritgan fulbek arab klublari bilan muzokaralar olib bormoqda. Turkiya chempionatida chinakam porlagan futbolchi hali-hamon jamoasi uchun naf keltirishga qodir.

Branislav Ivanovich

“Chelsi” klubining sobiq sardori “Zenit”ga Yevropa Chempionlar Ligasida guruhdan chiqishda yordam bermadi, biroq RPL darajasini birmuncha ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Everton” serb bilan muzokaralar olib bormoqda. Hozircha, uning qaysi klub safiga o‘tishi noma’lum. Ayni damda, himoyachining transfer qiymati 1 million yevroga teng.

Xatem Ben Arfa

Chaqqon fransuz hali-hamon maydonda shou namoyish etishga qodir. 33 yosh bo‘lishiga qaramay, Ben Arfaning dribbling va texnikasi kuchli beshlik klublarini o‘ziga rom etishi mumkin. O‘zining so‘nggi klubi “Valyadolid”da unga biroz omad kelmadi. Korona-tanaffus sababli qahramonimiz sport formasini yo‘qotib qo‘ydi. Uning agenti mijozi tez orada yana “Liga 1”da ko‘rinish berishi haqida ma’lumot tarqatmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:40, 30.08.2020.
O'qildi: 14992 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик