Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Messining transferi Bartomeuning muammolarini hal qilib beradimi?

Messining transferi Bartomeuning muammolarini hal qilib beradimi?

Baho:
+ | -1

"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu jamoa sardori Lionel Messi olib qolishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, rahbariyat uchun futbolchini sotish foydali bo‘lishi mumkin.

"The Athletic" nashri yuqori doiradagi manbalarga asoslanib xabar tarqatishicha, "ko‘k-anorranglilar" argentinalik futbolchini sotishdan manfaatdor.

"Siz Bartomeuni yaxshi bilmaysiz. Ishonchim komil, rahbariyat Messining ketishini istamoqda. Bartomeuning prezidentlik davrida klub byudjetida katta moliyaviy tuynuk hosil bo‘ldi. Jamoa bu bo‘shliqni Messini sotish orqali yopmoqchi. Agar Leo 200 millionga sotilsa, shuningdek, uning maoshidan 100 million yevro tejalsa, klub byudjeti barqaror holatga keladi", — deya manba so‘zlaridan iqtibos keltirdi nashr.

Nashr yana bir boshqa manba so‘zlaridan iqtibos keltirdi. U ham yuqoridagi insayderning so‘zlarini tasdiqladi.

"Messining savdosi jamoa qarzlarini yopishga yordam beradi. Shuningdek, Leoning ketishi maoshlar bilan xarajatning kamayishiga olib keladi. Birgina ushbu transfer orqali barchasini yo‘lga qo‘yish mumkin".

Manba: isport.ua
Kiritildi: 00:01, 31.08.2020.
O'qildi: 10221 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик