Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Azizbek Turg‘unboyev: «Muxlislarga bayram sovg‘asi sifatida g‘alaba qozonish niyatidamiz»

Azizbek Turg‘unboyev: «Muxlislarga bayram sovg‘asi sifatida g‘alaba qozonish niyatidamiz»

Baho:
+ | -

“Navbahor”ning mahoratli yarim himoyachisi Azizbek Turg‘unboyev Vadim Abramov murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga chaqiruv oldi.

Mazkur yig‘in doirasida terma jamoamiz 3 sentyabr kuni Toshkentda Tojikiston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Ushbu o‘yindan oldin “Navbahor” 2-davraning dastlabki o‘yini, ya’ni Coca Cola Cuperliga 14-turidan o‘rin olgan bahsda o‘z maydonida ayni paytdagi turnir jadvali peshqadami, amaldagi chempion “Paxtakor”ni qabul qiladi.

Mazkur uchrashuv oldidan Azizbek Turg‘unboyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"So‘zim avvalida barcha hamyurtlarimizni Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi bilan tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilayman. Osmonimiz doimo tinch va musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, ilohim!

Bo‘lajak o‘yin borasida gapiradigan bo‘lsam, xabaringiz bor, Toshkentda bo‘lib o‘tgan markazlashgan chempionat bahslarida unchalik   omadimiz kelmadi. Shu bois, bugungi uchrashuvda mazkur bahsni oynai jahon orqali kuzatadigan muxlislarimizning ishonchlarini oqlash, g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

To‘g‘ri, “Paxtakor” kuchli raqib. Lekin har qanday raqibni mag‘lubiyatga uchratsa bo‘ladi. Ta’kidlaganimdek, buni amalga    oshirish uchun maydonda jon-jahdimiz bilan harakat  qilamiz.

Jamoadoshim Igor Golban bilan birgalikda men ham milliy terma jamoamizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb etildim. Bugungi o‘yinda zafar quchgan holda, bosh jamoamizning yig‘iniga yaxshi kayfiyatda yo‘l olmoqchimiz.

Bugun muxlislarga bayram sovg‘asi sifatida g‘alabani tortiq etish niyatidamiz.

Barchangizga yana bir marta Istiqlol bayrami muborak bo‘lsin, aziz vatandoshlar!", — dedi Turg‘unboyev.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:47, 01.09.2020.
O'qildi: 2656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.