"Udineze" yarim himoyachisi Rodrigo de Paul faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Argentinalik futbolchi xizmatiga "Lids" qiziqish bildirmoqda. Tomonlar muzokaralarni boshlab yuborgan. APL klubi havbek uchun 20-25 million yevro to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi xizmatiga "Yuventus" va "Inter" klublari ham qiziqayotgan edi.