Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR
18/06 01:00 Angliya - Xorvatiya
18/06 04:00 Gana - Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston - Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina

Manba: Lionel Messi «Manchester Siti» egalari bilan 700 mln yevrolik shartnoma borasida kelishib oldi

Manba: Lionel Messi «Manchester Siti» egalari bilan 700 mln yevrolik shartnoma borasida kelishib oldi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Manchester Siti»ga egalik qiladigan City Football Group bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Daily Record’ga asoslanib Sport24 xabar qilmoqda.

Manbada aytilishicha, tomonlar 700 million yevrolik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. 33 yoshli futbolchi uch mavsumni «Manchester Siti» safida o‘tkazadi, shundan keyin Leo «Nyu-York Siti» safiga yo‘l oladi va u yerda ikki yil o‘ynaydi.

Ta’kidlanishicha, Messiga kompaniyadan ulush taklif qilingan, biroq futbolchi City Football Group aksiyalari bilan bog‘liq qiyin vaziyat sabab pul bilan hisob-kitob qilishlarini istashi mumkin.

Avvalroq «Manchester Siti» Messining transferiga pul sarflashga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, ushbu transferdan voz kechishi haqida xabar qilingandi. Keyinchalik «shaharliklar» ustozi Xosep Gvardiola argentinalik futbolchi «Barselona»da qolishni maslahat bergani haqida xabarlar tarqaldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:00, 02.09.2020.
O'qildi: 12912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик