Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Shota Arveladze: “SHogirdlarimga ayrim holatlarda tezlik yetishmadi”

Shota Arveladze: “SHogirdlarimga ayrim holatlarda tezlik yetishmadi”

Baho:
+ | -

Superliganing 14-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida   “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirdi.

Dastlab o‘yin borasida u quyidagi fikrlarni bildirdi.  

- O‘yinning boshida uch-to‘rtta vaziyatdan foydalana olmadik. Futbolda sen urmasang, senga urishadi, degan naql bor. Raqib bitta aniq zarba yo‘lladi va u gol bilan yakunlandi. Natijada durang. Aslida, o‘zimiz ham yaxshi o‘ynolmadik, o‘yinimiz sekin chiqdi. Negaligini bilmayman. Afsuski, bir-ikki holatda tezkor hujumga o‘tganda, vaziyat yaratdik. Qolgan holatlarda tezlik yetishmadi. Bugun ikki ochko yo‘qotdik.

- Stadionlarga muxlislarni kiritish vaqti kelmadimi?

- Koronavirus pandemiyasi davrida salomatlik birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak. Ayrim mamlakatlarda, xususan, Rossiyada ham ma’lum foizda muxlislar kirishiga ruxsat berildi. Balki, shu uslubda tomoshabinlar tashrifiga izn berish ham mumkindir. Bunga murabbiy sifatida shunday javob bera olaman, xolos.

Paxtakorni oldinda Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtirok kutmoqda. Shu haqda gapirsangiz...

- OCHLdagi taqvimimizni yengil deb bo‘lmaydi, ko‘plab futbolchilarimiz davolanishdi. Deyarli hamma kasallandi, murakkab davrni boshdan o‘tkazdik. Mavjud holat ham jismoniy, ham ruhiy tomondan ta’sir o‘tkazadi. Qatardagi turnirga guruhda 6 ochko to‘plagan holda yetib boramiz. Qaysidir jihatdan bu ustunlik, bir tomondan futbolchilarning xotirjamlikka berilishlariga olib kelishi mumkin. Bularning barini inobatga olgan holda aytishim mumkinki, Chempionlar Ligasida, birinchi navbatda, guruhdan chiqishga intilamiz. Keyin nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.     

Kiritildi: 12:21, 02.09.2020.
O'qildi: 2406 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.