"Barselona" hujumchisi Lionel Messi yangi bosh murabbiy Ronald Kuman bilan jamoadagi vazifasini muhokama qiladi, deb xabar beradi Sport.es.
Gazetaning yozishicha, uchrashuvda jamoa sardori masalasi muhokama qilinadi. Hozircha sardor — bu Messi, lekin ehtimol u klubni tark etishni xohlagani uchun sardorlikdan voz kechishi mumkin. Kuman argentinalikning har qanday qarorini hurmat qilishi kutilmoqda.
Ta’kidlash joizki, "Barselona" vise-sardorlari Serxio Buskets, Jerar Pike va Serxi Robertolardir.