Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Panchshanbe “Navbahor”dagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

Panchshanbe “Navbahor”dagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

Baho:
+1 | -

Xabaringiz bor, yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida Namanganning “Navbahor” jamoasi o‘z tarkibiga tojikistonlik yarim himoyachi Ehsoni Panchshanbeni qo‘shib olgandi.

Panchshanbe 3 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston - Tojikiston terma jamoalari (ushbu o‘yinda terma jamoamiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonganidan xabaringiz bor) o‘rtasidagi uchrashuvda tojikistonliklar safida maydonda to‘liq – 90 daqiqa harakat qildi va terma jamoadagi sherigi Zoir Jo‘raboyevning goliga assistentlik qildi.

Shundan so‘ng, 5 sentyabr kuni Toshkentda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan futbolchi kecha tungi soat 22:00larda jamoamiz qarorgohiga yetib keldi hamda bugun “Navbahor” bilan ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Jamoamizning yangi a’zosi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beradigan bo‘lsak, Ehsoni Panchshanbe 1999 yilning 12 may kuni Tojikistonda tug‘ilgan.

Futbolchilik faoliyatini 2016 yili boshlab, o‘sha yilgi mavsumning 2-davrasidan “Navbahor” tarkibiga qo‘shilgunga qadar, Dushanbening “Istiqlol” jamoasida o‘ynagan.

Ehsoni “Istiqlol” safidagi faoliyati davomida Tojikistonning 4 karra chempioni (2016-2019 yillar) bo‘lgan, Tojikiston kubogi (2016, 2018 – 2019 yillar) va Superkubogini (2017-2020 yillar) 3 martadan qo‘lga kiritgan.

Ehsoni Panchshanbe 2018 yili, ya’ni 19 yoshida Tojikistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Panchshanbe faoliyati davomida Tojikiston yoshlar terma jamoasi tarkibida o‘ynagan va mazkur terma jamoa bilan sardor sifatida Osiyo chempionatida qatnashgan.

Ayni paytda esa Tojikiston milliy terma jamoasi a’zosi hamda shu kungacha terma jamoa tarkibida 20ta o‘yinda maydonga tushgan.

Mahoratli yarim himoyachi “Navbahor” bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi.

Biz Ehsoni Panchshanbening jamoamiz tarkibidagi faoliyati muvaffaqiyatli kechishi, chiroyli o‘yinlari va gollari bilan “Navbahor”ning zafarlariga munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz.

Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 23:53, 06.09.2020.
O'qildi: 3754 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик