Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Ehsoni Panchshanbe: “Navbahor”ning g‘alabalariga munosib hissamni qo‘shish niyatidaman”

Ehsoni Panchshanbe: “Navbahor”ning g‘alabalariga munosib hissamni qo‘shish niyatidaman”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, jamoamizning yangi a’zosi - tojikistonlik yarim himoyachi Ehsoni Panchshanbe 6 sentyabr kuni “Navbahor” safida ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulot yakunlangach, futbolchi bilan qisqacha suhbat uyushtirdik.

- "Navbahor”ga Sizni kim taklif qildi?

- Klub rahbariyati meni “Navbahor”da ko‘rish niyatida “Istiqlol” jamoasi va agentim bilan muzokaralar olib bordi hamda yakunda barchasi ijobiy tarzda yakunlanib, namanganliklar tarkibiga qo‘shildim hamda klub bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladim.

Meni jamoada juda iliq tarzda kutib olishdi. Buning uchun “Navbahor” klubi rahbariyati va jamoa murabbiylar shtabi hamda yangi jamoadoshlarimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Yurtimizga kelguningizcha, O‘zbekiston futboli va “Navbahor” jamoasi haqida ma’lumotga egamidingiz?

- Albatta. O‘zbekiston chempionatini ancha kuchli deb hisoblayman. O‘zbek futbolchilaridan ayni paytda murabbiylik qilayotgan Mirjalol Qosimovni juda yaxshi bilaman. Hozirgi o‘zbekistonlik futbolchilardan esa Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Jasur Yaxshiboyevning o‘yinlarini kuzatganman.

- Muxlislarga tilaklaringiz...

- “Navbahor” tarkibiga qo‘shilishim aniq bo‘lganidan so‘ng, ko‘plab namanganlik ishqibozlar shaxsiy telegramimga xabarlar yo‘llab, meni sevimli jamoalari safiga qo‘shilayotganim bilan qutlashdi hamda omad yor bo‘lishini tilashdi. Buning uchun “Navbahor” muxlislariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Xudo xohlasa, klub rahbarlari va ishqibozlarning ishonchlarini oqlab, “Navbahor”ning g‘alabalariga munosib hissamni qo‘shish niyatidaman. Faqatgina muxlislar jamoamizni doimo qo‘llab - quvvatlab turishsa bo‘lgani. Barcha namanganlik muxlislarga sihat – salomatlik, oilaviy baxt tilayman.

Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 01:04, 07.09.2020.
O'qildi: 3199 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик