Rimning «Roma» va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolo Dzanyolo Millat Ligasining 2-tur doirasida Niderlandiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limida jarohat olib, maydonni tark etdi.
Eslatib o‘tamiz, Dzanyolo yaqinda jiddiy jarohatidan forig‘ bo‘lib maydonga qaytgandi. Tizzasidan olgan jarohati tufayli 5 oydan ortiqroq muddat futboldan chetda yurgandi.