"Bornmut" sobiq yarim himoyachisi Rayan Freyzer rasman "Nyukasl" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda "qarg‘alar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Futbolchi yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Shotlandiyalik havbek "Nyukasl"ga erkin agent maqomida qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "qarg‘alar" "Bornmut"ning yana bir futbolchisi Kallum Uilsonni o‘z safiga qo‘shib olgandi.