Kirish Ro'yxatdan o'tish

Krishtianu Ronaldu: «Muxlislarsiz futbol masxarabozsiz sirkka o‘xshaydi»

Krishtianu Ronaldu: «Muxlislarsiz futbol masxarabozsiz sirkka o‘xshaydi»

Baho:
+ | -

«Yuventus» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirus pandemiyasi sabab futbol bahslarining tomoshabinlarsiz o‘tkazilayotgani borasida o‘z fikrlarini bayon qildi.

"Menga tribunadan turib olqishlashsa yoqadi. Bu menga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Ammo insonlar salomatligi birinchi o‘rinda turadi. JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) ko‘rsatmalariga amal qilish kerak. Eng muhimi insonlar.

Ammo umuman olganda esa muxlislarsiz futbol masxarabozsiz sirk va bog‘ga borib, gullarni ko‘rmaslik bilan barobar", — dedi Krishtianu Ronaldu.

Qayd etish joiz, 8 sentyabr kuni Portugaliya Millatlar Ligasining ikkinchi turida Shvesiyani mag‘lub etdi (2:0). Ronaldu esa mazkur bahsda ikkita gol urib (gollarning biri jarima zarbasidan, biri esa uzoq masofadan), o‘zining terma jamoadagi gollarini 101 taga yetkazib oldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:51, 09.09.2020.
O'qildi: 3472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик