Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Metallurg» – AGMK. Prevyu

«Metallurg» – AGMK. Prevyu

Baho:
+ | -

Toshkent viloyati jamoalari derbisi eng murosasiz o‘tadigan o‘yinlardan hisoblanadi. Bu jamoalar 2008 yildan buyon 25 ta o‘zaro uchrashuv o‘tkazishgan bo‘lishsa, shulardan faqat 3 tasida durang natija qayd etilganligi fikrimiz dalilidir. Tomonlar esa 11 tadan o‘yinda zafar quchishgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati 47:46, olmaliqliklar bitta to‘p farqi bilan oldinda borishmoqda.

Mazkur jamoalarning birinchi davra – Olmaliq shahrida kechgan o‘yinida tomonlar bir martadan muvaffaqiyat qozonishib, durangga imzo chekishgandi. O‘yinning 9-daqiqasida Mate Vatsadze hisobni ochgan bo‘lsa, 28-daqiqada Abrorbek Toshqo‘ziyev hisobni tenglashtirgandi. Bu natija esa o‘yin oxirigacha o‘zgarmasdan qolgandi.

Endi ushbu jamoalarning Bekobodda kechgan o‘yinlari tarixiga to‘xtalsak: Toshkent viloyatining eng shimoliy shahrida bu jamoalar 12 marta to‘qnash kelishgan. Ularning 9 tasida mezbonlar g‘alaba qozonishgan. 1 ta o‘yinda mehmonlarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana bitta uchrashuvda kuchlar teng kelgan.

Quyida Bekobodda bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlar natijalari bilan tanishing:

13.11.2008  Metallurg – OTMK – 1:1
05.11.2009  Metallurg – Olmaliq – 3:2
24.04.2010  Metallurg – Olmaliq – 1:0
09.09.2011  Metallurg – Olmaliq – 4:3
04.09.2012  Metallurg – Olmaliq – 4:3
31.05.2013  Metallurg – Olmaliq – 2:1
03.08.2014  Metallurg – Olmaliq – 3:2
21.10.2015  Metallurg – Olmaliq – 4:2
18.08.2016  Metallurg – Olmaliq – 4:2
26.10.2017      Metallurg – Olmaliq – 3:2
10.05.2018      Metallurg – Olmaliq – 0:1
27.07.2019      Metallurg – AGMK – 2:1

AGMK haqida

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida futbol o‘tgan asrning o‘rtalaridan rivojlana boshlagan. “Metallurg” futbol jamoasi 1966-88 yillar mobaynida sobiq Ittifoq chempionatining ikkinchi ligasida o‘ynagan. 2004 yildan OTMK nomi bilan mamlakat birinchiligida qatnashgan. 2008 yilda mazkur klub tarixida yangi burilish yasaldi. O‘zbekiston futbol federasiyasining qaroriga binoan jamoa oliy liga a’zosiga aylandi.

Shu yillar davomida konchilar kuchlilar safida 352 ta o‘yin o‘tkazishdi. Shulardan 127 tasini o‘z foydasiga hal etishgan bo‘lishsa, 75 uchrashuvda durang o‘ynagan, 150 ta o‘yinni imkoniyatni boy bergan. AGMK raqiblari darvozasiga 487 ta to‘p kiritgan holda o‘z darvozasidan 512 ta gol o‘tkazib yuborgan.  AGMKning oliy ligadagi eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 7:1 (“Qo‘qon 1912”, 2019),  Eng yirik hisobdagi mag‘lubiyati esa – 0:5 (“Lokomotiv”, 2017).

Bu yilgi mavsumni AGMK tarixidagi eng muvaffaqiyatli boshlangan mavsum deyish mumkin. Superliga jamoalari orasida hali mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Mirjalol Qosimov shogirdlari birinchi davradan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 06:31, 10.09.2020.
O'qildi: 1725 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.