Fransiyaning «Lion» klubi sport direktori Juninyo Memfis Depay faoliyatini Kataloniyaning «Barselona» klubida davom ettirishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o‘z fikrini bildirdi.
«Ayni paytda shuni aytishim mumkinki, «Barselona» Depay borasida rasmiy taklif yubormagan. Hozir bundan boshqa hech narsa ayta olmayman. Qachonki bizga rasmiy so‘rovnoma kelib tushadi, shundan keyin o‘ylashni boshlaymiz.
Memfis o‘z terma jamoasiga ketishidan oldin gaplashdim. O‘shanda u «Barselona»dan hech kim qo‘ng‘iroq qilmaganini aytdi, - dedi Juninyo.