Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

APL «Nyukasl»ni saudiyaliklarga sotilishini ta’qiqlab qo‘ydi

APL «Nyukasl»ni saudiyaliklarga sotilishini ta’qiqlab qo‘ydi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Nyukasl» klubi o‘zining rasmiy sayti orqali, klubni sotish ishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida rasmiy bayonot berdi. Klubning hozirgi xo‘jayini Mayk Eshli ushbu masala yuzasidan Saudiya Arabistoni kompaniyasi bilan muzokara olib borgandi. Tomonlar klubni arablarning qo‘liga o‘tishi borasida kelishuvga erishgandi, biroq, Angliya Premyer-ligasi rahbariyati ushbu bitimga ta’qiq qo‘ydi.

«Nyukasl» rahbariyati APLga klubni sotib olmoqchi bo‘lgan kompaniya Saudiya Arabistoni hukumatiga tegishli emasligini isbotlab berdi. «Nyukasl» Premyer-liganing ijrochi direktori Richard Mastersga ushbu bitim to‘laqonli ravishda qonuniy bo‘lishiga ishontirdi. Biroq, APL baribir klubning sotilishiga qarshilik qildi.

Shu tariqa, Eshli «Nyukasl»ning xo‘jayini sifatida qoladigan bo‘ldi. Iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi tarqalgan mish-mishlarga qaramay, u jamoa bosh murabbiyi Stiv Bryusni qo‘llab-quvvatladi.

Kiritildi: 13:54, 10.09.2020.
O'qildi: 3945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик