Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Sergey Lushchan: «Standart vaziyatlar «Dinamo»ning ustunliklaridan biri, bundan foydalanishimiz shart edi»

Sergey Lushchan: «Standart vaziyatlar «Dinamo»ning ustunliklaridan biri, bundan foydalanishimiz shart edi»

Baho:
+ | -

Pro liga 6-turining markaziy uchrashuvida «Dinamo» jamoasi turnir peshqadamlaridan biri «Turon» klubi ustidan ustidan muhim g‘alabaga erishdi. O‘yindan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushchan bahs borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Avvalgi o‘yinlarimizdek bu bahs ham ancha qiyin o‘tdi. Biz vaziyatimizdan foydalanib gol urdik, raqib esa yo‘q. O‘ylagan va rejalashtirgan ishlarimizni qisman bajardik. Himoyada ham raqibga aytarli imkoniyat bermadik. Bu o‘yinda biz asosan standartlarga katta e’tibor qaratgandik, bu borada qator imkoniyatga ham ega bo‘ldik. Standart vaziyatlar bizning ustunliklarimizdan biri, bundan foydalanishimiz shart edi. Ikkinchi bo‘limdagi o‘zgarishlar o‘yinimizga ta’sir qildi. Ochig‘ini aytsam, oxirgi vaziyatlardan birigacha «infarkt» bo‘lishimga sal qoldi. Yigitlarga jiddiy e’tirozim yo‘q.

Umuman olganda esa o‘yindan ham, natijadan ham qoniqdim. Chunki bugun o‘yinni himoyadan qurishga intildik. Sababi «Turon» hujumkor jamoa edi, ayniqsa qarshi hujumlarda tezkor edi. Ammo futbolchilarimiz ularga qanotlarda ham, markazda ham deyarli imkoniyat berishmadi. Ha, xatolarimiz bor, buni muhokama qilamiz. Hozircha biz uchun asosiysi natija. Jamoamdan chiroyli o‘yin talab qilishimga hali vaqtli.

Jahongir Ahmadov, Suhrob Nurulloyev, Oybek Nurmatov, Azamat Allaniyozovning zaxiradan tushirilishi? Ha, bu ham ikkinchi bo‘limdagi rejalarimizdan biri edi. Chunki jamoaning aksariyat chiziqlari 70 daqiqadan keyin bahs boshidagidek o‘yin namoyish eta olmasligi ma’lum edi. Biz tarkibda o‘zgarishlar qilishda davom etamiz. O‘zgarishlar samara berdi va yakunda g‘alaba qozondik.

«Sho‘rtan» bilan o‘yinimiz? Birorta o‘yinimiz yo‘qki, bizga oson bo‘lgan bo‘lsa. Har bir bahsda katta kuch va ulkan mehnat evaziga g‘alaba qozonayapmiz. Ishlashda va maqsad sari olg‘a borishda davom etamiz.

Kiritildi: 12:20, 15.09.2020.
O'qildi: 1708 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.