Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Ro‘ziqul Berdiyev: "Andijon"ni himoya va hujumida muammo borligini bilardik"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Andijon"ni himoya va hujumida muammo borligini bilardik"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Nasaf” o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- “Andijon”dan yaxshiroq o‘ynamagan bo‘lsak ham bugun g‘alaba qozondik. Bu esa futbolda juda muhim. Agar bugun ochko yo‘qotganimizda bunga faqat o‘zimiz sababchi bo‘lardik. Yigitlarni ushbu o‘yinga ruhiy tarafdan tayyorlash og‘ir edi. Chunki futbolchilar baribir turnir jadvaliga qarashardi. Tan olish kerak, “Andijon” bizga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Jamoaning himoyada va hujumda muammolari borligini bilardik.

- Bugun negadir “Nasaf”ning o‘yini qovushmadi...

- Gapimning boshida bejiz aytmadim: “Andijon”da yaxshi o‘ynamadik, lekin uch ochkoga ega bo‘ldik. Hozir yechinish xonasida futbolchilarga bu oxirgi yomon o‘yinimiz bo‘lishi kerakligini talab qildim. “Nasaf” aslo bunday yomon o‘yin ko‘rsatmagandi. Albatta, bunga raqibimiz ham imkoniyat bermadi. Qolaversa, maydonning holati ham yaxshi emasdi va ikkala jamoaga ham ta’sir ko‘rsatdi.

- Uchrashuvdan avval “Andijon”dan qanday o‘yin kutgandingiz?

- Ularning yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q. Bilamizki, “Andijon” har bir uchrashuvda natija uchun o‘ynayapti. Ularga chiroyli yoki mazmunli o‘yin kerak emas, muhimi natija ko‘rsatishni istashyapti. Shu bois raqib jamoa mahorati yetganicha bor kuchi bilan kurashishini bilardik.

- O‘yin oxirlarida yana bir markaziy himoyachini tushirdingiz. Bundan asosiy maqsad nima edi?

- “Andijon” ko‘pchilik bo‘lib hujumga berilishni boshlagandi. Hattoki, to‘rtta hujumchi bilan ham o‘ynashdi. Shuning uchun uchinchi markaziy himoyachini tushirdik. Biz bu taktika bo‘yicha ko‘p o‘yinlarni o‘tkazamiz. Hisobni saqlab qolishimiz muhim edi.

- Dilshod Rahmatullayev raqobatda yutqazib qo‘ygani uchun zaxirada o‘tiribdimi?

- Yo‘q. Dilshod yetakchilarimizdan biri. Davralar oralig‘ida yoki tanaffus paytlarida mashg‘ulotlarda kam qatnashdi. Sport formasini tiklashi qiyin bo‘ldi. Ammo Rahmatullayevga ishonamiz, shu bois jamoamizga taklif qilganmiz.

- “Nasaf” yana oldingi mavqeiga qayta oladimi?

- 2017 yilning oxirlarida “Paxtakor”ni 4:0 hisobida yutganimizdan keyin shu jamoani saqlab qolishni va chempionlik uchun kurasha olishimizni rahbariyatga ta’kidlagandik. Afsuski, bunday bo‘lmadi. Moliyaviy tomondan muammolar bo‘lgach, boshqa yo‘ldan borishga qaror qildik. Hozir o‘sha o‘yinchilarimiz qayerda o‘ynashayotganini bilasizlar.

- Vaziyatga real qarasak, “Andijon”ning Superligada qolish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Juda og‘ir bo‘ladi. Eshitdik, yangi homiylar topilibdi. Yangi murabbiy keldi. Ammo murabbiy ham sehrgar emas. Unga o‘yinchi, sharoit hamda vaqt kerak. Ammo ularda vaqt kam. “Andijon”ga omad tilayman, biroq klubga qiyin bo‘lishini siz bilan biz ko‘rib turibmiz.

- Eshitishimizcha, Oybek Bozorov mavsum yakunida xorijga ketar ekan, shu rostmi?

- Bu haqida eshitmadim. Oybekni jamoamiz bilan uzoq yillik shartnomasi bor.

Kiritildi: 19:52, 15.09.2020.
O'qildi: 2162 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.