Bugun Turinning «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibalaning agenti klub rahbariyati bilan muzokara olib borish uchun "keksa sinyora"larning ofisiga yetib keldi.
Italiya matbuotining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, yaqin soatlar ichida Dibalaning vakili «Yuventus» rahbariyati bilan uchrashadi. Uchrashuv mobaynida tomonlar argentinalik futbolchining shartnoma uzaytirib borasida muzokara olib borishadi.
Qo‘shimcha o‘rnida shuni aytish kerakki, Dibalaning «Yuventus» klubi bilan shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan.